Maqolada O‘zbek tili elektron korpusi asosida yozma matnlarni ovozga aylantiruvchi tizimlar (TTS – matndan nutqqa, ASR – nutqni avtomatik tanish) uchun zarur bo‘lgan lingvistik asoslar tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi – o‘zbek tilidagi morfologik va fonetik hodisalarni, xususan, morfema tizimi, shartlangan o‘zaklar, affiks va affiksoidlar, omonim affikslar, tovush tushishi, tovush orttirilishi, tovush almashinishi va geminatalarni lingvistik front-end modeli doirasida tavsiflash va tizimlashtirishdir [14; 15]. Metod sifatida tavsifiy va qiyosiy tahlil, korpusga asoslangan kuzatish hamda lug‘at materiallarini tahlil qilish usullari qo‘llanadi; turk va qozoq tillaridagi mavjud ishlanmalar bilan qiyosiy tahlil ham amalga oshiriladi [1; 4; 6]. Natijada o‘zbek tilidagi ko‘p morfemali so‘zlarning tuzilishi aniqlanadi, morfem lug‘ati va izohli lug‘at ma’lumotlari elektron korpusdagi real qo‘llanishlar bilan solishtiriladi, fonetik o‘zgarishlar uchun formal qoidalar majmuasi shakllantiriladi [11; 14; 15]. Xulosa sifatida uch qatlamli lingvistik model (leksik, morfologik, fonetik–qoidaviy) taklif etilib, u o‘zbek tili uchun matndan nutqqa va nutqni tanish tizimlarining sifatini oshirishda asosiy tayanch bo‘la olishi ilmiy jihatdan asoslanadi.
| Mualliflar | Abdurakhmanova, Nazokat |
|---|---|
| Jurnal | FarDU ilmiy xabarlari |
| Nashr sanasi | 2020-01-01 |
| Jild | 7 |
| Son | 3 |
| Betlar | 186-193 |
| Til | O‘zbek |
O‘zbek tili elektron korpusi, morfema, qo‘shimcha, affiksoid, shartlangan o‘zak, morfofonologiya, geminata, matndan nutqqa sintez, lingvistik front-end., Uzbek National Corpus, morpheme, affix, affixoid, bound root, morphophonology, geminate, text-to-speech, linguistic front-end.
Ushbu ishda uch o‘lchovli fazoda uchta singulyar koeffitsientga ega elliptik tipdagi differensial tenglama uchun Dirixle masalasining xos qiymatlari va xos funksiyalari topilgan. Masala markazi koordinatalar boshida…
Mazkur maqolada Master Adaptive Learner (MAL) texnologiyasining tibbiyot ta’limi talabalarining deontologik kompetentligini rivojlantirishdagi didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Zamonaviy tibbiyot va tibbiy…
Maqolada Sirdaryo viloyatining tabiiy-turistik salohiyati, uning hududiy tarkibi va hozirgi rivojlanish holati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida hududning geografik o‘rni, tabiiy resurslari, gidrologik…
Maqolada qora qaragʻay (Pinus nigra) ninalari va poʻstlogʻidagi ikkilamchi metabolitlarning kimyoviy tarkibi hamda fitofag hasharotlarning ushbu kimyoviy himoyaga moslashuvlari ilmiy adabiyot asosida umumlashtirilgan…
Ushbu maqolada mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan bolalar bilan ijtimoiy ish olib borishda qo‘llaniladigan ijtimoiy maslahat va moslashuv texnologiyalarining nazariy va amaliy asoslari tahlil qilingan. Maqolada…
Maqolada global iqlim isishi va muzliklarning jadal erishi sharoitida O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekistonga daxldor transchegaraviy daryo havzalaridagi to‘g‘onli va morena-muzlik ko‘llarining gidrologik xajmi, genetik…
Oʻzbekistonning janubiy hududlarida tarqalgan Catocalini tribasi tangachaqanotlilari faunasi, biologiyasi va ekologiyasini hamda tarqalishini oʻrganish 2016 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan muddatda Qashqadaryo vohasining…
Ushbu maqola cho'kishga moyil bo'lgan lyoss tuproqlarda qurilgan 5-9 qavatli binolarning poydevorlari uchun tuproq va shag'al yostiqchalarini loyihalash usulini ishlab chiqadi va asoslaydi. To'g'ri tanlangan yostiqcha…
Mazkur maqolada zamonaviy jismoniy tarbiya tizimida tibbiy-pedagogik kuzatuv mexanizmining nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarning salomatligini muhofaza qilish, jismoniy rivojlanish…
O‘zbekistonning adir iqlimi sharoitida g‘o‘za (Gossypium hirsutum L., Andijon-36 navi) ildiz tizimida umumiy azot va erkin aminokislotalar (EAK) miqdorining ontogenezning asosiy fazalaridagi mavsumiy dinamikasi…