Talabalarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi

Tojiboyev, Jaxongir

FarDU ilmiy xabarlari · 2024-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi bugungi kun talabidan kelib chiqib, kreativ yondashuv asosida takomillashtirilgan. Bugungi kunga qadar talabalarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirish jarayonini texnologiyalashtirish muammosi ko‘plab tadqiqotchi olimlar tomonidan o‘rganilgan. Masalan, MDH olimlari V.Maksimova, L.Klikova, R.Djandosov, mamlakatimiz tadqiqotchi olimlari F.Rabbimova, N,Yuldashevalar talabalarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishning turli texnologiyalarini amaliyotga joriy etganlar. Badiiy-estetik tarbiya texnologiyalarining xarakterli jihatlari ta’lim subyektlarida izlanuvchanlik faoliyatining birgalikda amalga oshirilishida namoyon bo‘ladi. Hissiy-obrazli, muhokama va tanlov natijasida shaxslararo mustahkam hamkorlikdagi harakat vujudga keladi. Badiiy-estetik tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar talabalarning badiiy-estetik kompetensiyalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘qituvchi hamda talabalar orasidagi demokratik munosabatlarni ta’minlashga imkon berishi natijasida badiiy-estetik ta’limning sifati va samaradorligiga erishiladi. Ushbu jihatlarni hisobga olga holda, mazkur maqolada bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining badiiy estetik kompetentligini rivojlantrish texnologiyasining to‘rt bosqichdan iborat (motivatsion, kognitiv, amaliy-faoliyatli, shaxsiy-rivojlantiruvchi) pedagogik algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu texnologiyani ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash usullari va vositalari yoritilib berilgan

Maqola ma’lumotlari
MualliflarTojiboyev, Jaxongir
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2024-09-18
Jild30
Son3
Betlar32-32
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

Badiiy-estetik, kompetentlik, texnologiya, modulli texnologiya, algoritm, kreativ yondashuv., Artistic-aesthetic, competence, technology, modular technology, algorithm, creative approach.

Iqtibos keltirish

APATojiboyev, Jaxongir (2024). TALABALARNING BADIIY-ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI. FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 32-32. https://journal.fdu.uz/main/article/2397
GOST (OAK)Tojiboyev, Jaxongir TALABALARNING BADIIY-ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2024. – T. 30, № 3. – B. 32-32.
MLATojiboyev, Jaxongir. “TALABALARNING BADIIY-ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI.” FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 32-32, 2024. https://journal.fdu.uz/main/article/2397
ChicagoTojiboyev, Jaxongir. “TALABALARNING BADIIY-ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI.” FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 32-32 (2024). https://journal.fdu.uz/main/article/2397
HarvardTojiboyev, Jaxongir (2024) ‘TALABALARNING BADIIY-ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI’, FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 32-32. https://journal.fdu.uz/main/article/2397
BibTeX
@article{tojiboyevjaxongir2024,
  title = {TALABALARNING BADIIY-ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI},
  author = {Tojiboyev, Jaxongir},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2024},
  volume = {30},
  number = {3},
  pages = {32-32},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/2397}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2024-yil arxivi

Tojiboyev, Jaxongir — boshqa maqolalari