TURKISTONDA HARBIY ASIRLAR MEHNATI: SAFARBARLIK VA EKSPLUATATSIYA (1914-1922)

Tojiboyev, Jaxongir Ilxomovich

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada Birinchi jahon urushi yillarida Turkiston o‘lkasida harbiy asirlar mehnatidan foydalanish masalasi tadqiq etiladi. Asosiy e’tibor harbiy asirlarni iqtisodiy ehtiyojlar asosida turli sohalarga safarbar etish, ularning mehnatini tashkil etish shakllari hamda ekspluatatsiya mexanizmlarini tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqot tarixiylik, qiyosiy tahlil, tizimlilik va manbashunoslik yondashuvlari asosida olib borildi. Maqolada harbiy asirlar mehnatidan sanoat, qurilish, transport va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida foydalanilganligi, bu jarayonda imperiya ma’muriyati va mahalliy boshqaruv organlarining roli, mehnat sharoitlari hamda nazorat usullari yoritiladi. Shuningdek, harbiy asirlar mehnatining safarbar etilishi ko‘p hollarda iqtisodiy manfaat va harbiy zarurat bilan bog‘liq bo‘lib, bu holat ularning mehnatidan ekspluatatsion tarzda foydalanishga olib kelgani asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari Turkiston tarixida urush davri majburiy mehnat tizimi, harbiy asirlar taqdiri va mustamlakachilik boshqaruvi amaliyotini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarTojiboyev, Jaxongir Ilxomovich
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
Nashr sanasi2026-06-01
Jild8
Son4
Betlar1345-1352
TilIngliz
DOI10.70728/a.series.ijt.v08.i04.009

Kalit so‘zlar

Birinchi jahon urushi, Rossiya imperiyasi, mustamlakachilik siyosati, urush iqtisodiyoti, majburiy ishchi kuchi, imperiya boshqaruvi, mahalliy ma’muriyat, nazorat tizimi, sanoat korxonalari, qishloq xo‘jaligi.

Ilmiy soha

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar