Hozirgi zamonda har bir jamiyat xususiy ta’lim tizimini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda, chunki u kelajak avlodni maqsadli shakllantirish mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Turli mamlakatlarda o‘ziga xos tarixiy, madaniy va ijtimoiy sharoitlardan kelib chiqib, ta’limni tashkil etishda turlicha yondashuvlar mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ2909-sonli qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan. [1]
Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning, ijtimoiy hayotning real talablaridan kelib chiqqan holda, yurtimizda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, unga o‘qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ixtisoslik yo‘nalishlarini takomillashtirish borasida katta ishlar qilindi va qilinmoqda. [2]
Mazkur qarorda professor-o‘qituvchilarning kasb mahoratini kuchaytirish, pedagog xodimlarning malakasini oshirish, shuningdek, ularning xorijiy hamkor oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishi, magistratura, doktoranturada ta’lim olishi hamda respublikamizning tayanch oliy o‘quv yurtlari qoshida qayta tayyorgarlikdan o‘tishi va malaka oshirishi ta’lim sifati va samaradorligini yuksaltirishda asosiy vazifa sifatida qo‘yildi. Mamlakatning qator oliy ta’lim muassasasi bilan AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va shu kabi boshqa davlatlarning yetakchi ilmiy hamda ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarining o‘rnatilgani o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim tizimi bilan bog‘liq leksik birliklarni qiyosiy tadqiq etish maqsadida, dastlab Germaniya va O‘zbekistondagi ta’lim muassasalarining tuzilishi, tashkil etilishi, o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha o‘xshashlik va farqli jihatlar aniqlandi. Ushbu ikki tizimni tahlil qilish nazarda tutilgan mamlakatlarda qabul qilingan ta’lim yondashuvlari va strategiyalarini chuqur tushunish imkonini beradi, shuningdek, ularning ta’lim maqsadlariga erishishdagi samaradorligi va dolzarbligini baholaydi.
| Mualliflar | Astonova, Go‘zalxon, Kaharova, Mavlyuda |
|---|---|
| Jurnal | FarDU ilmiy xabarlari |
| Nashriyot | Farg‘ona davlat universiteti |
| ISSN | 2010-8419, 2181-1571 |
| Nashr sanasi | 2024-12-31 |
| Jild | 30 |
| Son | 6 |
| Betlar | 37-37 |
| Til | O‘zbek |
| Ilmiy soha | Pedagogika |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-09-06 |
ta’lim tizimi, o‘quv reja, o‘qitish usullari, baholash, ta’lim standartlari, imtihon, ta’lim siyosati, educational system, curriculum, teaching methods, assessment, educational standards, examination, educational policy
| APA | Astonova, Go‘zalxon, & Kaharova, Mavlyuda (2024). GERMANIYA VA O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIDA O‘XSHASH VA FARQLI JIHATLAR. FarDU ilmiy xabarlari, 30(6), 37-37. https://journal.fdu.uz/main/article/1839 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Astonova, Go‘zalxon, Kaharova, Mavlyuda GERMANIYA VA O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIDA O‘XSHASH VA FARQLI JIHATLAR // FarDU ilmiy xabarlari. – 2024. – T. 30, № 6. – B. 37-37. |
| MLA | Astonova, Go‘zalxon, and Kaharova, Mavlyuda. “GERMANIYA VA O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIDA O‘XSHASH VA FARQLI JIHATLAR.” FarDU ilmiy xabarlari, 30(6), 37-37, 2024. https://journal.fdu.uz/main/article/1839 |
| Chicago | Astonova, Go‘zalxon, and Kaharova, Mavlyuda. “GERMANIYA VA O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIDA O‘XSHASH VA FARQLI JIHATLAR.” FarDU ilmiy xabarlari, 30(6), 37-37 (2024). https://journal.fdu.uz/main/article/1839 |
| Harvard | Astonova, Go‘zalxon, and Kaharova, Mavlyuda (2024) ‘GERMANIYA VA O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIDA O‘XSHASH VA FARQLI JIHATLAR’, FarDU ilmiy xabarlari, 30(6), 37-37. https://journal.fdu.uz/main/article/1839 |
| BibTeX | @article{astonovagozalxon2024,
title = {GERMANIYA VA O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIDA O‘XSHASH VA FARQLI JIHATLAR},
author = {Astonova, Go‘zalxon and Kaharova, Mavlyuda},
journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
year = {2024},
volume = {30},
number = {6},
pages = {37-37},
url = {https://journal.fdu.uz/main/article/1839}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Mazkur maqola og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoniga bag‘ishlangan bo‘lib, tinglash, talaffuz, gapirish va nutqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan yondashuvlarni ko‘rib chiqadi. Mavzuda til…
Ushbu maqolada kasbiy ko‘nikmalar orqali milliy virtual turizmni ingliz tili mashg‘ulotlarida takomillashtirish uchun SMART ta'lim texnologiyalaridan foydalanish, ta'lim jarayonini yanada interaktiv, intuitiv va…
Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitish (ELT)da qo‘llaniladigan metodiklar va ularning o‘quv natijalariga ta’siri o‘rganiladi. Kommunikativ til o‘qitish (CLT), grammatika-tarjima, vazifaga asoslangan o‘qitish va…
Ushbu maqola chet tilida tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishda autentik materiallarning ahamiyatini o‘rganadi. Maxsus yo‘nalishdagi talabalar, masalan, texnika yoki tibbiyot sohalarida, real hayotga yaqin…
Maqolada Germaniyaning ta’lim tizimi xususiyatlari tahlil qilinadi. Germaniya ta’lim tizimi federativ tuzilishga ega bo‘lib, mamlakatning har bir federativ yerining (Bundesländer) o‘ziga xos ta’lim siyosati va boshqaruv…
Nutqni rivojlantirishga oid metodik usullar turli yondashuvlarni o‘z ichiga oladi va ta’lim tizimidagi barcha yosh guruhlarida qo‘llaniladi. Ushbu maqolada nutq o‘stirishning asosiy usullari, uning pedagogik mohiyati…
Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bag‘rikenglik dunyoqarashini tarbiyalash masalasini nazariy va amaliy yondashuvlar asosida o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda bag‘rikenglik tushunchasining ijtimoiy va…
Maqolada ayollarning davlat ijtimoiy hayotidagi ahamiyati, uning meхnati oiladagi muhitga ijobiy ta‘siri haqida etkazishga harakat qilindi. Ushbu masala, ayollarning bandligini ta‘minlash borasidagi muammolar, jamiyatga…
Mazkur maqolada jahon pedagogikasida TRIZ (ixtirochilik muammolarini yechish nazariyasi) boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar mazmun-mohiyati, TRIZ pedagogikasining tamoyillari va vositalari, TRIZ-pedagogikasining tarixi…
Oliy ta'lim tizimi har bir jamiyatda ilmiy, madaniy va iqtisodiy rivojlanishning asosiy omili sifatida o‘z o‘rniga ega bo ‘lib kelgan. Har bir mamlakat o‘zining ta'lim tizimini muvofiqlashtirish, rivojlantirish va…
FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2024-yil arxivi
Maqolada Germaniyaning ta’lim tizimi xususiyatlari tahlil qilinadi. Germaniya ta’lim tizimi federativ tuzilishga ega bo‘lib, mamlakatning har bir federativ yerining (Bundesländer) o‘ziga xos ta’lim siyosati va boshqaruv…
Maqolada umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari ingliz tilida muloqot qilishda duch keladigan sotsiolingvistik qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish texnologiyalari tahlil qilinadi. Sotsiolingvistik…
Mazkur maqolada umumta’lim maktablarining 10–11-sinf o‘quvchilarida ingliz tilida yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishda jarayonga yo‘naltirilgan yondashuvning nazariy asoslari va metodik tamoyillari tahlil…
Maqolada funksional savodxonlikning nazariy asoslari, uning pedagogik-psixologik mohiyati, tarkibiy qismlari hamda ta’lim jarayonida rivojlantirish yo‘llari tahlil qilinadi. Funksional savodxonlik shaxsning…
Maqolada 2028-yilgi Olimpiya o‘yinlariga saralash davri sharoitida malakali dzyudochilarni xalqaro musobaqalarga tayyorlash tizimini takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston terma jamoasining…
Maqolada malakali dzyudochilarni tayyorlashda texnik-taktik mahoratni takomillashtirish mexanizmlariga innovatsion yondashuv asoslab berilgan. O‘zbekiston terma jamoasining 2023–2025-yillardagi jahon chempionatlaridagi…
В тезисе рассматриваются онлайн-проекты как эффективный механизм формирования профессиональных навыков у будущих учителей русского языка в условиях цифровизации образования. Анализируются возможности проектной…