O‘ZBEK TILI ELEKTRON KORPUSI ASOSIDA YOZMA MATNLARNI OVOZLASHTIRISH: MORFOLOGIK VA FONETIK HODISALARNING LINGVISTIK MODELLASHTIRILISHI

Abdurakhmanova, Nazokat

FarDU ilmiy xabarlari · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolada O‘zbek tili elektron korpusi asosida yozma matnlarni ovozga aylantiruvchi tizimlar (TTS – matndan nutqqa, ASR – nutqni avtomatik tanish) uchun zarur bo‘lgan lingvistik asoslar tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi – o‘zbek tilidagi morfologik va fonetik hodisalarni, xususan, morfema tizimi, shartlangan o‘zaklar, affiks va affiksoidlar, omonim affikslar, tovush tushishi, tovush orttirilishi, tovush almashinishi va geminatalarni lingvistik front-end modeli doirasida tavsiflash va tizimlashtirishdir [14; 15]. Metod sifatida tavsifiy va qiyosiy tahlil, korpusga asoslangan kuzatish hamda lug‘at materiallarini tahlil qilish usullari qo‘llanadi; turk va qozoq tillaridagi mavjud ishlanmalar bilan qiyosiy tahlil ham amalga oshiriladi [1; 4; 6]. Natijada o‘zbek tilidagi ko‘p morfemali so‘zlarning tuzilishi aniqlanadi, morfem lug‘ati va izohli lug‘at ma’lumotlari elektron korpusdagi real qo‘llanishlar bilan solishtiriladi, fonetik o‘zgarishlar uchun formal qoidalar majmuasi shakllantiriladi [11; 14; 15]. Xulosa sifatida uch qatlamli lingvistik model (leksik, morfologik, fonetik–qoidaviy) taklif etilib, u o‘zbek tili uchun matndan nutqqa va nutqni tanish tizimlarining sifatini oshirishda asosiy tayanch bo‘la olishi ilmiy jihatdan asoslanadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarAbdurakhmanova, Nazokat
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
Nashr sanasi2026-07-01
Jild7
Son3
Betlar107-114
TilO‘zbek

Kalit so‘zlar

O‘zbek tili elektron korpusi, morfema, qo‘shimcha, affiksoid, shartlangan o‘zak, morfofonologiya, geminata, matndan nutqqa sintez, lingvistik front-end., Uzbek National Corpus, morpheme, affix, affixoid, bound root, morphophonology, geminate, text-to-speech, linguistic front-end.

Ilmiy soha

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar