Bolalarda gemorragik vaskulit kechishining zamonaviy klinik-epidemiologik xususiyatlari

Raxmanova, Lola, Boltaboeva, Muqaddas, Nizamutdinov, Avazbek, Raxmanova, Lola, Boltaboeva, Muqaddas, Nizamutdinov, Avazbek, Рахманова, Лола, Болтабоева, Мукаддас, Низамутдинов, Авазбек

Халқаро илмий педиатрия журнали · 2026-yil

Annotatsiya

Kirish. Adabiyotlar ma’lumotlariga ko‘ra, gemorragik vaskulit (Henoch–Schonlein purpurasi) bolalarda eng ko‘p uchraydigan sistemali vaskulitlardan biri bo‘lib, so’nggi yillarda kasallik nafaqat maktabgacha va kichik maktab yoshida balki o’smir bolalarda ham ko’payib bormoqda va ko‘pincha respirator infeksiyalar, allergik holatlar va immun tizimidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda rivojlanmoqda. Tadqiqot maqsadi -bolalarda gemorragik vaskulit (Henoch–Schonlein purpurasi) kechishining zamonaviy klinik-epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish. Material va usullar. Bolalardagi gemorragik vaskulitga (Henoch–Schonlein purpurasi)  bagishlangan so’nggi o’n yillikda chop etilgan ilmiy adabiyot ma’lumotlari retrospektiv tahlil qilindi. Olingan ma’lumotlar yillar bo’yicha matematik  tekshirildi va taqqoslandi.  Natijalar va  muxokama. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, kasallik patogenezida immun komplekslar hosil bo‘lishi, tomir devorlarining yallig‘lanishi hamda mikrotsirkulyatsiya buzilishlari muhim o‘rin tutadi. Klinik manzarasida teri gemorragik toshmalari, bo‘g‘im, qorin sindromlari, buyrak shikastlanishi va aralash simptomlar yetakchi o’rin tutmoqda. Shuningdek, kasallikning kechishi individual xususiyatlarga ega bo‘lib, uning og‘irlik darajasi asosiy klinik simptomlari va asoratlar rivojlanishi bilan belgilanmoqda. Xulosa. Tadqiqot natijasida olingan ilmiy ma’lumotlar gemorragik vaskulitni erta aniqlash, xavf omillarini baholash  hamda kasallik kechishini prognoz qilishda zamonaviy klinik-epidemiologik xususiyatlarni chuqur o‘rganish muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarRaxmanova, Lola, Boltaboeva, Muqaddas, Nizamutdinov, Avazbek, Raxmanova, Lola, Boltaboeva, Muqaddas, Nizamutdinov, Avazbek, Рахманова, Лола, Болтабоева, Мукаддас, Низамутдинов, Авазбек
JurnalХалқаро илмий педиатрия журнали
Nashr sanasi2026-04-28
Jild5
Son2
Betlar1276-1284
TilO‘zbek
DOI10.56121/2181-2926-2026-5-2-1276-1284

Kalit so‘zlar

child, hemorrhagic vasculitis, epidemiology, clinic, ребенок, геморрагический васкулит, эпидемиология, клиника, bola, gemorragik vaskulit, epidemiologiya, klinika

Ilmiy soha

Халқаро илмий педиатрия журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Халқаро илмий педиатрия журнали — barcha maqolalar