Maqolada dizlaliyada fonologik oppozitsiyalar buzilishi tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Dizlaliya — normal eshitish va artikulyatsion apparat saqlangan holda tovush talaffuzining buzilishi bo‘lib, u fonologik tizimdagi oppozitsiyalarning neytrallashuvi natijasida yuzaga keladi. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili materialida bolalar nutqidagi tipik tovush almashtirishlari, tushirib qoldirishlari va buzilishlarini fonemik oppozitsiyalar hamda differensial belgilar asosida izohlashdan iborat. Metodologik asos sifatida nazariy tahlil, illyustrativ misollar va minimal juftliklar usulidan foydalanildi. Tahlil birliklari sifatida fonema, differensial belgi, oppozitsiya va neytrallashuv olindi. Tadqiqotda o‘zbek tilidagi so‘zlar, xususan, minimal juftliklar asos qilib olindi. 5–7 yoshli dizlaliyasi bo‘lgan bolalar nutqidagi tipik xatolar shartli ravishda tanlanib, ular fonologik oppozitsiya va differensial belgilar nuqtai nazaridan tahlil qilindi. Shuningdek, N. S. Trubetskoy, R. O. Jakobson, A. R. Luriya, L. S. Vygotskiy hamda o‘zbek tilshunoslari A. Nurmonov, Sh. Shoxmatov, H. Ne’matovlarning ishlariga tayanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, dizlaliyadagi xatolar tasodifiy emas, balki tilning fonologik tizimidagi oppozitsiyalarning neytrallashuvi bilan bog‘liq. O‘zbek tilida jarangli/jarangsiz, portlovchi/sirg‘aluvchi, til oldi/til orqa, burun/oral kabi oppozitsiyalar ko‘proq buziladi. Bu esa so‘zlarning gomofonga aylanishiga va ma’no farqlanishining yo‘qolishiga olib keladi. Logopedik korreksiyada minimal juftliklar va oppozitsiya mashqlaridan foydalanish samarali hisoblanadi. Minimal juftliklar: gul–kul, dil–til, shim–sim, qon–kon, tong–ton, bor–bol, bil–bel. Bu usul bolada nafaqat to‘g‘ri artikulyatsiya, balki fonemik eshitish va ma’no farqlash ko‘nikmasini ham shakllantiradi. Maqola logopediya va tilshunoslik integratsiyasida dizlaliyani chuqurroq o‘rganishga xizmat qiladi.
| Mualliflar | Yavkocheva, Feruza |
|---|---|
| Jurnal | Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар |
| Nashriyot | Қўқон давлат педагогика институти |
| ISSN | 3030-3958 |
| Nashr sanasi | 2026-10-09 |
| Jild | 8 |
| Son | 9 |
| Betlar | 817-821 |
| Til | O‘zbek |
| DOI | 10.70728/b.series.fil.v08.i09.113 |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-10-10 |
DOI: 10.70728/b.series.fil.v08.i09.113 · Maqolaning asl sahifasi
dizlaliya, fonologik oppozitsiya, differensial belgi, fonema, o‘zbek tili, logopediya, neytrallashuv, minimal juftlik.
| APA | Yavkocheva, Feruza (2026). DIZLALIYADA FONOLOGIK OPPOZITSIYALAR BUZILISHINING LINGVISTIK TAHLILI (O‘ZBEK TILI MATERIALIDA). Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(9), 817-821. https://doi.org/10.70728/b.series.fil.v08.i09.113 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Yavkocheva, Feruza DIZLALIYADA FONOLOGIK OPPOZITSIYALAR BUZILISHINING LINGVISTIK TAHLILI (O‘ZBEK TILI MATERIALIDA) // Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар. – 2026. – T. 8, № 9. – B. 817-821. – DOI: 10.70728/b.series.fil.v08.i09.113. |
| MLA | Yavkocheva, Feruza. “DIZLALIYADA FONOLOGIK OPPOZITSIYALAR BUZILISHINING LINGVISTIK TAHLILI (O‘ZBEK TILI MATERIALIDA).” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(9), 817-821, 2026. https://doi.org/10.70728/b.series.fil.v08.i09.113 |
| Chicago | Yavkocheva, Feruza. “DIZLALIYADA FONOLOGIK OPPOZITSIYALAR BUZILISHINING LINGVISTIK TAHLILI (O‘ZBEK TILI MATERIALIDA).” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(9), 817-821 (2026). https://doi.org/10.70728/b.series.fil.v08.i09.113 |
| Harvard | Yavkocheva, Feruza (2026) ‘DIZLALIYADA FONOLOGIK OPPOZITSIYALAR BUZILISHINING LINGVISTIK TAHLILI (O‘ZBEK TILI MATERIALIDA)’, Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(9), 817-821. https://doi.org/10.70728/b.series.fil.v08.i09.113 |
| BibTeX | @article{yavkochevaferuza2026,
title = {DIZLALIYADA FONOLOGIK OPPOZITSIYALAR BUZILISHINING LINGVISTIK TAHLILI (O‘ZBEK TILI MATERIALIDA)},
author = {Yavkocheva, Feruza},
journal = {Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар},
year = {2026},
volume = {8},
number = {9},
pages = {817-821},
doi = {10.70728/b.series.fil.v08.i09.113},
url = {https://doi.org/10.70728/b.series.fil.v08.i09.113}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoq memlarida yashirin ma’no va implikaturaning lingvistik ifodalanishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda memlar zamonaviy raqamli diskursning qisqa, ixcham va ko‘p qatlamli kommunikativ birliklari…
ushbu maqolada badiiy tarjima jarayonida toponimlarning tarixiy- etimologik mazmunini qayta ifodalash muammosi lingvistik, tarjimashunoslik va madaniy- semiotik yondashuvlar kesishmasida tahlil qilinadi. Ishning asosiy…
Tilning o‘lchovga oid qatlami, odatda, fizik kattaliklarni aniq belgilash va miqdoriy munosabatlarni ifodalash bilan bog‘lanadi. Biroq real nutqda o‘lchov birliklari va ularga yaqin ifodalar ko‘pincha o‘zining bevosita…
maqolada toponimlarni tarjima qilishda tanlangan tarjimon strategiyalarining matn pragmatikasiga ta’siri oʻrganiladi. Tadqiqot oʻzbek, ingliz va rus tillaridagi badiiy, publitsistik va turistik matnlardan olingan…
Maqolada o‘zbek va ingliz tillarida Vatan bilan bog‘liq ma’no barqaror iboralar orqali qanday voqelanishi chog‘ishtirma usulda o‘rganiladi. Tadqiqotning maqsadi tug‘ilgan joy, mansublik, yangi makonga moslashish va…
Cross-linguistic comparisons of generative artificial intelligence prompts frequently associate English imperatives with communicative efficiency and Uzbek request constructions with politeness. Such comparisons require…
Ushbu maqolada xorijiy turkologlarning, xususan, K.Menges va M.Erdalning tadqiqotlari asosida qadimgi turkiy tilni o‘rganish masalalari ilmiy-tahliliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda qadimgi turkiy tilning grammatik…
Maqolada paremiologik birlikning morfologik va sintaktik xususiyatlari tahlil qilinadi. Markaziy tezis quyidagicha: paremiya turg‘un birlik bo‘lgani uchun o‘z tarkibidagi grammatik shakllarni jonli nutqdagi…
Mazkur maqolada turkiy xalqlar og‘zaki epik an’anasining muhim namunalaridan biri bo‘lgan “Oshiq G‘arib va Shohsanam” dostonining qoraqalpoq va turkman versiyalari poetikasi psixologik yondashuv asosida…
The article examines the linguistic mechanisms through which axiological meanings are structured, preserved and reactivated in English and Uzbek paremiological discourse. The study proceeds from the premise that a…
Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi