Gaplarning tema-rematik shakllanishi: umumiylik va xususiylik

SAPAYEVA, BARNO

Таълимда истиқболли изланишлар · 2026-yil

Annotatsiya

Kirish. Gapning tema-rema tuzilishi zamonaviy sintaktik nazariyada umumiy mavqega ega bo‘lsa-da, bu hodisaga turli yondashuvlar mavjudligi nazariyaning obyekti geterogen (begona) ekanligi haqidagi taassurotni uyg‘otadi. Bu nazariya doirasida gapning aktual bo‘linishi, gapning funksional istiqboli, uning informativ tuzilishi va shu kabilarning farqlanishi kuzatiladi. Shuningdek, tema-rema tuzilishining subyekt-predikat mantiqiy tuzilishi, ega va kesim Ta’limda istiqbolli izlanishlar - xalqaro ilmiy-metodik jurnal № 9/2026 ISSN: 3060-527X munosabatlari, chuqur kelishiklar, gapni tashkil etuvchi birliklarning bir-biriga valentlik xususiyatlari bilan bog‘liqligi yetarlicha ochib berilmagan. Metodologiya. Mazkur tadqiqotda gaplarning tema-rematik shakllanishini o‘rganishda tavsifiy, struktur-semantik, kommunikativ-pragmatik, kontekstual tahlil hamda qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi. Tavsifiy metod orqali tema va remaning lingvistik mohiyati, ularning gap tarkibidagi o‘rni va funksional xususiyatlari yoritildi. Struktur-semantik tahlil yordamida gapning sintaktik qurilishi bilan axborot mazmuni o‘rtasidagi munosabat aniqlandi. Kommunikativ-pragmatik tahlil asosida gapda ma’lum va yangi axborotning taqsimlanishi, tema va remaning nutqiy vaziyatga bog‘liq holda shakllanishi o‘rganildi. Kontekstual tahlil orqali tema- rematik munosabatlarning matn tarkibidagi izchilligi va kommunikativ vazifasi ochib berildi. Qiyosiy tahlil esa umumiy kommunikativ qonuniyatlar va muayyan nutqiy vaziyatlarda namoyon bo‘ladigan xususiy xususiyatlarni farqlashga xizmat qildi. Natija va muhokama. Tahlilda tildagi turli hodisalarni o‘xshashlik va farq nazariyasi asosida ko‘rib chiqish harakatiga urg‘u beriladi. Nutqning tematik-informativ tashkil etilishi so‘zlovchining kommunikativ niyatini ochib berish vositasi sifatida ikki qismli …

Maqola ma’lumotlari
MualliflarSAPAYEVA, BARNO
JurnalТаълимда истиқболли изланишлар
NashriyotБухоро давлат университети
ISSN3060-527X, 3030-380X
Nashr sanasi2026-10-04
Son9
Betlar290-294
TilO‘zbek
DOI10.67547/fanistiqbollari.2026.707
Indeksga qo‘shilgan2026-10-18

Kalit so‘zlar

theme, rheme, thematic-rhematic relations, actual division of the sentence, sentence, communicative syntax, information structure, generality, specificity, word order, тема, рема, тема-рематические отношения, актуальное членение предложения, предложение, коммуникативный синтаксис, информационная структура, общее, частное, порядок слов

Iqtibos keltirish

APASAPAYEVA, BARNO (2026). GAPLARNING TEMA-REMATIK SHAKLLANISHI: UMUMIYLIK VA XUSUSIYLIK. Таълимда истиқболли изланишлар, (9), 290-294. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.707
GOST (OAK)SAPAYEVA, BARNO GAPLARNING TEMA-REMATIK SHAKLLANISHI: UMUMIYLIK VA XUSUSIYLIK // Таълимда истиқболли изланишлар. – 2026. – № 9. – B. 290-294. – DOI: 10.67547/fanistiqbollari.2026.707.
MLASAPAYEVA, BARNO. “GAPLARNING TEMA-REMATIK SHAKLLANISHI: UMUMIYLIK VA XUSUSIYLIK.” Таълимда истиқболли изланишлар, (9), 290-294, 2026. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.707
ChicagoSAPAYEVA, BARNO. “GAPLARNING TEMA-REMATIK SHAKLLANISHI: UMUMIYLIK VA XUSUSIYLIK.” Таълимда истиқболли изланишлар, (9), 290-294 (2026). https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.707
HarvardSAPAYEVA, BARNO (2026) ‘GAPLARNING TEMA-REMATIK SHAKLLANISHI: UMUMIYLIK VA XUSUSIYLIK’, Таълимда истиқболли изланишлар, (9), 290-294. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.707
BibTeX
@article{sapayevabarno2026,
  title = {GAPLARNING TEMA-REMATIK SHAKLLANISHI: UMUMIYLIK VA XUSUSIYLIK},
  author = {SAPAYEVA, BARNO},
  journal = {Таълимда истиқболли изланишлар},
  year = {2026},
  number = {9},
  pages = {290-294},
  doi = {10.67547/fanistiqbollari.2026.707},
  url = {https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.707}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Таълимда истиқболли изланишлар jurnalidan boshqa maqolalar

Таълимда истиқболли изланишлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

SAPAYEVA, BARNO — boshqa maqolalari