Ta’lim xizmatlarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishning xorijiy tajribasi (texnikumlar misolida)

Umarov , Ravshanjon

Innovations in Science and Technologies · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu tadqiqot ishida texnikumlarda ta’lim xizmatlarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishning xorijiy tajribasi tadqiq etilgan. Zamonaviy mehnat bozori talablarining o‘zgarishi, yangi kasbiy kompetensiyalarga ehtiyojning ortishi va texnologik taraqqiyot texnik-kasbiy ta’lim xizmatlarini boshqarish tizimini takomillashtirishni talab qilmoqda. Tadqiqotda Finlandiya, Shveytsariya va Singapur davlatlarining texnik-kasbiy ta’lim tizimlarida shakllangan boshqaruv mexanizmlari qiyosiy tahlil qilingan. Finlandiya tajribasida ta’lim sifatini boshqarish, strategik rejalashtirish, ta’lim muassasalarining institutsional mustaqilligi, natijadorlikni baholash va ta’lim xizmatlarini mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirish mexanizmlariga e’tibor qaratilgan. Shveytsariya tajribasida dual ta’lim, texnikumlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik, amaliy tayyorgarlik hamda kasbiy kompetensiyalarni baholash tizimining o‘rni ochib berilgan. Singapur tajribasi asosida ta’lim xizmatlarini raqamlashtirish, kompetensiyaga asoslangan yondashuv, mehnat bozori ehtiyojlarini prognozlash va ta’lim dasturlarini muntazam yangilash mexanizmlari tahlil qilingan. Xorijiy tajribalarni O‘zbekiston texnikumlariga joriy etishda hududiy mehnat bozori, iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlari, texnikumlarning moddiy-texnik imkoniyatlari va institutsional sharoitlarini hisobga olish zarurligi asoslangan. Natijada texnikumlarda ta’lim xizmatlari sifatini oshirish, boshqaruv samaradorligini kuchaytirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish va bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarUmarov , Ravshanjon
JurnalInnovations in Science and Technologies
NashriyotТошкент давлат иқтисодиёт университети
ISSN3030-3451
Nashr sanasi2026-09-19
Jild3
Son9
Betlar188-199
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-09-20

Kalit so‘zlar

Ta’lim xizmatlari, texnikum, kasbiy ta’lim, boshqaruv mexanizmi, ta’lim sifati, strategik boshqaruv, dual ta’lim, raqamli boshqaruv, mehnat bozori, kasbiy kompetensiya.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAUmarov , Ravshanjon (2026). TA’LIM XIZMATLARINI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI (TEXNIKUMLAR MISOLIDA). Innovations in Science and Technologies, 3(9), 188-199. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1728
GOST (OAK)Umarov , Ravshanjon TA’LIM XIZMATLARINI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI (TEXNIKUMLAR MISOLIDA) // Innovations in Science and Technologies. – 2026. – T. 3, № 9. – B. 188-199.
MLAUmarov , Ravshanjon. “TA’LIM XIZMATLARINI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI (TEXNIKUMLAR MISOLIDA).” Innovations in Science and Technologies, 3(9), 188-199, 2026. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1728
ChicagoUmarov , Ravshanjon. “TA’LIM XIZMATLARINI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI (TEXNIKUMLAR MISOLIDA).” Innovations in Science and Technologies, 3(9), 188-199 (2026). https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1728
HarvardUmarov , Ravshanjon (2026) ‘TA’LIM XIZMATLARINI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI (TEXNIKUMLAR MISOLIDA)’, Innovations in Science and Technologies, 3(9), 188-199. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1728
BibTeX
@article{umarovravshanjon2026,
  title = {TA’LIM XIZMATLARINI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI (TEXNIKUMLAR MISOLIDA)},
  author = {Umarov , Ravshanjon},
  journal = {Innovations in Science and Technologies},
  year = {2026},
  volume = {3},
  number = {9},
  pages = {188-199},
  url = {https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1728}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Innovations in Science and Technologies jurnalidan boshqa maqolalar

Innovations in Science and Technologies — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Umarov , Ravshanjon — boshqa maqolalari

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari