Sholichilik tarmog‘ini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarining o‘rni

Qodirov , Shuxratbek

Innovations in Science and Technologies · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada sholichilik tarmog‘ini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Sholichilikning oziqovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqarorligini mustahkamlash va aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdagi ahamiyati asoslangan. Tadqiqotda zamonaviy agrotexnologiyalarni sholichilik ishlab chiqarishiga joriy etishning iqtisodiy va texnologik imkoniyatlari, xususan, suvni tejovchi sug‘orish usullari, yuqori hosildor va iqlim sharoitlariga mos navlardan foydalanish, raqamli monitoring, GPS va GIS texnologiyalari, dronlar, masofadan zondlash vositalari hamda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot metodologiyasini tizimli tahlil, qiyosiy tahlil, ilmiy abstraksiyalash, analiz va sintez, induksiya va deduksiya, umumlashtirish hamda mantiqiy xulosa chiqarish usullari tashkil etadi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, innovatsion texnologiyalarni kompleks joriy etish sholi yetishtirishda suv va moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, mehnat unumdorligini yuksaltirish, ishlab chiqarish xarajatlarini maqbullashtirish, hosildorlik va mahsulot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Ayniqsa, suv taqchilligi va iqlim o‘zgarishi sharoitida resurs tejovchi texnologiyalarni qo‘llash sholichilikning barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishda ilmiytadqiqot muassasalari, oliy ta’lim tashkilotlari va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, raqamli agrotexnologiyalarni kengaytirish, innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarQodirov , Shuxratbek
JurnalInnovations in Science and Technologies
NashriyotТошкент давлат иқтисодиёт университети
ISSN3030-3451
Nashr sanasi2026-09-19
Jild3
Son9
Betlar209-218
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-09-20

Kalit so‘zlar

sholichilik, innovatsion texnologiyalar, agrotexnologiyalar, raqamli qishloq xo‘jaligi, suvni tejash, GPS, GIS, dron, masofadan zondlash, resurs samaradorligi, hosildorlik, iqtisodiy samaradorlik, oziq-ovqat xavfsizligi.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAQodirov , Shuxratbek (2026). SHOLICHILIK TARMOG‘INI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI. Innovations in Science and Technologies, 3(9), 209-218. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1726
GOST (OAK)Qodirov , Shuxratbek SHOLICHILIK TARMOG‘INI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI // Innovations in Science and Technologies. – 2026. – T. 3, № 9. – B. 209-218.
MLAQodirov , Shuxratbek. “SHOLICHILIK TARMOG‘INI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI.” Innovations in Science and Technologies, 3(9), 209-218, 2026. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1726
ChicagoQodirov , Shuxratbek. “SHOLICHILIK TARMOG‘INI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI.” Innovations in Science and Technologies, 3(9), 209-218 (2026). https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1726
HarvardQodirov , Shuxratbek (2026) ‘SHOLICHILIK TARMOG‘INI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI’, Innovations in Science and Technologies, 3(9), 209-218. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1726
BibTeX
@article{qodirovshuxratbek2026,
  title = {SHOLICHILIK TARMOG‘INI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI},
  author = {Qodirov , Shuxratbek},
  journal = {Innovations in Science and Technologies},
  year = {2026},
  volume = {3},
  number = {9},
  pages = {209-218},
  url = {https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1726}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Innovations in Science and Technologies jurnalidan boshqa maqolalar

Innovations in Science and Technologies — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Qodirov , Shuxratbek — boshqa maqolalari

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari