Sutni qayta ishlovchi korxonalarda innovatsion salohiyatni boshqarish samaradorligini oshirish

Uzganbayeva , Dilnoza

Innovations in Science and Technologies · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada sutni qayta ishlovchi korxonalarda innovatsion salohiyatni shakllantirish, undan foydalanish va boshqarish samaradorligini oshirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi sutni qayta ishlash tarmog‘ida mahsulot sifati va xavfsizligiga qo‘yilayotgan talablarning kuchayishi, texnologik modernizatsiya jarayonlarining jadallashishi, raqobat muhitining kengayishi hamda korxonalarning resurslardan samarali foydalanish zarurati bilan belgilanadi. Tadqiqotda O‘zbekiston va Farg‘ona viloyatida sutni qayta ishlash sohasining 2015–2025-yillardagi rivojlanish dinamikasi tahlil qilingan. Xususan, qayta ishlangan sut mahsulotlari hajmi, sutni qayta ishlovchi korxonalar soni, innovatsiyalar, investitsiyalar va sog‘in sigirlar soni kabi ko‘rsatkichlar o‘rganilgan. Tadqiqot metodologiyasida tizimli tahlil, statistik tahlil, taqqoslash, ekspert baholash, SWOT va VRIO tahlili hamda ekonometrik modellashtirish usullaridan foydalanilgan. Tahlil natijalari 2015–2025-yillarda O‘zbekistonda qayta ishlangan sut mahsulotlari hajmi 464,5 ming tonnadan 782,9 ming tonnaga, Farg‘ona viloyatida esa 38,6 ming tonnadan 66,8 ming tonnaga oshganini ko‘rsatdi. Shuningdek, sutni qayta ishlovchi korxonalar sonining o‘sishi tarmoqda ishlab chiqarish bazasi kengayib borayotganini ko‘rsatdi. Ekonometrik tahlil natijalaridan kelib chiqib, sog‘in sigirlar soni va sutni qayta ishlovchi korxonalar soni qayta ishlangan sut mahsulotlari hajmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar ekanligi aniqlandi. Tadqiqot natijasida innovatsion salohiyatni strategik, resurs-moliyaviy, texnologik, tashkiliy va kadrlar omillarining integratsiyasi asosida boshqarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarUzganbayeva , Dilnoza
JurnalInnovations in Science and Technologies
NashriyotТошкент давлат иқтисодиёт университети
ISSN3030-3451
Nashr sanasi2026-09-19
Jild3
Son9
Betlar219-228
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-09-20

Kalit so‘zlar

sutni qayta ishlovchi korxonalar, innovatsion salohiyat, innovatsion boshqaruv, innovatsion-investitsion faoliyat, texnologik modernizatsiya, raqamli transformatsiya, rentabellik, SWOT tahlil, ekonometrik model, multiplikativ samara.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAUzganbayeva , Dilnoza (2026). SUTNI QAYTA ISHLOVCHI KORXONALARDA INNOVATSION SALOHIYATNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH. Innovations in Science and Technologies, 3(9), 219-228. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1727
GOST (OAK)Uzganbayeva , Dilnoza SUTNI QAYTA ISHLOVCHI KORXONALARDA INNOVATSION SALOHIYATNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH // Innovations in Science and Technologies. – 2026. – T. 3, № 9. – B. 219-228.
MLAUzganbayeva , Dilnoza. “SUTNI QAYTA ISHLOVCHI KORXONALARDA INNOVATSION SALOHIYATNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH.” Innovations in Science and Technologies, 3(9), 219-228, 2026. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1727
ChicagoUzganbayeva , Dilnoza. “SUTNI QAYTA ISHLOVCHI KORXONALARDA INNOVATSION SALOHIYATNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH.” Innovations in Science and Technologies, 3(9), 219-228 (2026). https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1727
HarvardUzganbayeva , Dilnoza (2026) ‘SUTNI QAYTA ISHLOVCHI KORXONALARDA INNOVATSION SALOHIYATNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH’, Innovations in Science and Technologies, 3(9), 219-228. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1727
BibTeX
@article{uzganbayevadilnoza2026,
  title = {SUTNI QAYTA ISHLOVCHI KORXONALARDA INNOVATSION SALOHIYATNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH},
  author = {Uzganbayeva , Dilnoza},
  journal = {Innovations in Science and Technologies},
  year = {2026},
  volume = {3},
  number = {9},
  pages = {219-228},
  url = {https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1727}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Innovations in Science and Technologies jurnalidan boshqa maqolalar

Innovations in Science and Technologies — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Uzganbayeva , Dilnoza — boshqa maqolalari

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari