TURKIY TILLARDA ETNOGRAFIZMLARNING SHAKLLANISHI VA RIVOJI: AREAL HAMDA LINGVOMADANIY TAHLIL

Dinara Islamova, Muxlisa Jalilova

Туркологик тадқиқотлар · 2025-yil

Annotatsiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada turkiy tillarda uchraydigan etnografizmlarning shakllanishi, tarixiy rivoji, madaniy hamda lisoniy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda etnografik birliklar xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, marosimlari hamda ijtimoiy munosabatlari bilan uzviy bog‘liq holda shakllanishi ilmiy asosda yoritiladi. Turkiy tillar materiallari, jumladan, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, va qoraqalpoq tillaridagi etnografik birliklar qiyosiy-lingvistik va lingvomadaniy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, etnografizmlarning globallashuv sharoitida yo‘qolib borish xavfi va ularni asrab-avaylashning lingvistik hamda madaniy mexanizmlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari turkiy tillar leksikasi, etnolingvistika va lingvokulturologiya masalalarini o‘rganishda muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Etnografik leksika, til va madaniyat, antropologik tilshunoslik, madaniyatlararo kommunikatsiya, milliy tafakkur, lingvokulturologiya, tildagi diffuzionizm, umumturkiy madaniyat, globallashuv, milliy meros.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarDinara Islamova, Muxlisa Jalilova
JurnalТуркологик тадқиқотлар
Nashr sanasi2025-12-27
Tiluz
DOI10.5281/zenodo.18345759

Туркологик тадқиқотлар jurnalidan boshqa maqolalar

Туркологик тадқиқотлар — barcha maqolalar