ENDOSKOPIK ENDONASAL DAKRIOSISTORINOSTOMIYADA DAKRIOSTOMA YARATISHNING TURLI USULLARINI QIYOSIY TAHLILI

T.B. Juraev, A.F. Yusupov, M.N. Timurov, D.K. Maxkamova

Передовая Офтальмология · 2024-yil

Annotatsiya

Dolzarbligi. Hozirgi vaqtda endoskopik endonazal dakriosistorinostomia (EndoDCR) surunkali dakriosistitni jarrohlik davolashning samarali usuli hisoblanadi. Bu dakriostoma sohasida (DS) tiklanish jarayonlarining o'ziga xos kechishi va burun bo'shlig'ida sinexiyalarning shakllanishi tufayli yuzaga keladi. Tadqiqot maqsadi. Surunkali dakriotsistit bilan og'rigan bemorlarda endoskopik endonazal dakriosistorinostomia jarrohligida dakriostoma yaratishning optimal usulini aniqlash. Materiallar va usullar. Tadqiqot materialiga dakriosistitli 30 nafar bemor kiritilgan bo'lib, ular bajarilgan operatsiyaga qarab 3 guruhga bo'lingan. Natijalar. Tadqiqot natijalariga ko'ra, optimallashtirilgan lakrimal implant, ya'ni dakriostomani kengaytiruvchi vosita nafaqat dakriostoma qirralarining yopishishini oldini oladi, balki kasalliklarni davolashda zamonaviy amaliyotda qo'llaniladigan mavjud lakrimal implantatlardan farqli o'laroq lakrimal kanallarning burun bo'shlig'ida sinexiya shakllanishiga to'sqinlik qiladi. Xulosa.Ushbu kombinirlangan usuldan foydalangan holda jarrohlik aralashuvi natijasida 90,0% hollarda to`liq sog`ayishga erishildi, bu boshqa guruhdagi jarrohlik usullariga (DS ni faqat ko`z yosh qopi medial devorining bir qismini plastikasi hisobiga shakillatnirish – 50%, DS ni ko`z yosh qopi medial devorini bir qismini olib tashlab bikanalikulyar silikon implant intubatsiyasi bilan hosil qilish – 70%) nisbatan yuqori natija hisoblanadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarT.B. Juraev, A.F. Yusupov, M.N. Timurov, D.K. Maxkamova
JurnalПередовая Офтальмология
Nashr sanasi2024-10-09
Jild10
Son4
Betlar21-23
Tiluz
DOI10.57231/j.ao.2024.10.4.006

Передовая Офтальмология jurnalidan boshqa maqolalar

Передовая Офтальмология — barcha maqolalar