BO‘LAJAK TIBBIYOT XODIMLARIDA KASBIY IDENTIKLIKNI SHAKLLANTIRISHDA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUHITNING TA’SIRI

TOHIROVA, FERUZA

Таълимда истиқболли изланишлар · 2026-yil

Annotatsiya

Kirish. Zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimining jadal rivojlanishi, tibbiyot sohasida innovatsion texnologiyalarning keng joriy etilishi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatiga qo‘yilayotgan talablarning ortib borishi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari oldiga yuqori malakali, kasbiy kompetent va ijtimoiy mas’uliyatli mutaxassislarni tayyorlash vazifasini qo‘ymoqda. Bugungi kunda tibbiyot xodimining kasbiy muvaffaqiyati faqat nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan emas, balki uning kasbiy identikligi, kasbiy qadriyatlarga sodiqligi, ijtimoiy munosabatlarni samarali yo‘lga qo‘ya olishi, bemorlar va hamkasblar bilan konstruktiv muloqot o‘rnatishi hamda murakkab kasbiy vaziyatlarda mas’uliyatli qaror qabul qila olishi bilan ham belgilanadi. Shu bois bo‘lajak tibbiyot xodimlarida kasbiy identiklikni shakllantirish zamonaviy tibbiy ta’limning strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Kasbiy identiklik shaxsning o‘zini muayyan kasb vakili sifatida anglashi, kasbiy faoliyatning maqsad va qadriyatlarini qabul qilishi, kasbiy rolni ongli ravishda bajarishga tayyorligi hamda o‘z kasbiy imkoniyatlarini real baholay olishi bilan tavsiflanadigan murakkab psixologik hodisadir. Mazkur jarayon shaxsning individual xususiyatlari bilan bir qatorda, u faoliyat olib borayotgan ta’lim va ijtimoiy muhitning ta’siri ostida shakllanadi. Ayniqsa, oliy tibbiy ta’lim muassasalarida hukm surayotgan ijtimoiy-psixologik muhit talabalarning kasbiy motivatsiyasi, o‘quv faolligi, emotsional holati, kommunikativ kompetensiyasi va kasbiy qadriyatlarini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Ijtimoiy-psixologik muhit deganda ta’lim jarayonida ishtirok etuvchi subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, jamoadagi psixologik iqlim, hamkorlik darajasi, o‘zaro ishonch, qo‘llab- …

Maqola ma’lumotlari
MualliflarTOHIROVA, FERUZA
JurnalТаълимда истиқболли изланишлар
Nashr sanasi2026-07-25
Son7
Betlar110-118
TilO‘zbek
DOI10.67547/fanistiqbollari.2026.64

Kalit so‘zlar

professional identity, future healthcare professionals, socio-psychological environment, professional motivation, psychological climate, pedagogical collaboration, communication competence, reflective practice, mentoring, professional values, medical education, professional development, профессиональная идентичность, будущие медицинские работники, социально-психологическая среда, профессиональная мотивация, психологический климат, педагогическое сотрудничество, коммуникативная компетентность, рефлексия, наставничество, медицинское образование

Ilmiy soha

Таълимда истиқболли изланишлар jurnalidan boshqa maqolalar

Таълимда истиқболли изланишлар — barcha maqolalar