PUBERTAT DAVRIDAGI QIZLARDA INSULINREZISTENTLIK VA DISLIPIDEMI- YANING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI HAMDA ULARNING METABOLIK SINDROM PATOGENE- ZIDAGI ROLI

SALOMOVA, SHAXINABONU

Таълимда истиқболли изланишлар · 2026-yil

Annotatsiya

Kirish. So‘nggi o‘n yilliklarda bolalar va o‘smirlar o‘rtasida semizlik va metabolik sindrom (MS) tarqalishining keskin ortishi global muammoga aylandi. Metabolik sindrom - bu abdominal semizlik, insulinrezistentlik, aterogen dislipidemiya va arterial gipertenziyani o‘z ichiga oluvchi o‘zaro bog‘liq metabolik buzilishlar majmui bo‘lib, kelajakda 2-tip qandli diabet va yurak-qon tomir kasalliklari (YQTK) rivojlanishi uchun asosiy xavf omili hisoblanadi. Mazkur holatlarning subkriteriyalari - semizlik, gipertenziya, gipergliklemiya va dislipidemiya - bolalar va o‘smirlar orasida tobora ko‘proq uchramoqda. Pubertat davri bu jarayonda alohida o‘rin tutadi. Aynan shu davrda o‘sish gormoni va jinsiy gormonlar ta'sirida insulin sezgirligi tabiiy ravishda pasayadi va bu fiziologik holat noqulay genetik hamda atrof-muhit omillari mavjudligida patologik metabolik kaskadning boshlang‘ich nuqtasiga aylanishi mumkin. Qizlarda bu jarayon o‘ziga xos jinsiy xususiyatlarga ega bo‘lib, estrogenlarning metabolik himoya roli va menarxedan keyingi gormonal o‘zgarishlar bilan murakkablashadi. Tadqiqotning maqsadi - pubertat davridagi qizlarda insulinrezistentlik va dislipidemiya o‘rtasidagi patogenetik aloqani hamda ularning metabolik sindrom shakllanishidagi rolini zamonaviy ilmiy ma'lumotlar asosida tizimli tahlil qilishdan iborat. Mavzuning dolzarbligi bir necha jihat bilan belgilanadi. Birinchidan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, bolalar va o‘smirlar o‘rtasida ortiqcha vazn va semizlik tarqalishi so‘nggi o‘n yilliklarda bir necha barobar oshgan va bu tendentsiya rivojlanayotgan mamlakatlarda ham kuzatilmoqda. Ikkinchidan, bolalik va o‘smirlikdagi metabolik buzilishlar kattalikda …

Maqola ma’lumotlari
MualliflarSALOMOVA, SHAXINABONU
JurnalТаълимда истиқболли изланишлар
Nashr sanasi2026-07-25
Son6
Betlar6-11
TilO‘zbek
DOI10.67547/fanistiqbollari.2026.25

Kalit so‘zlar

with subsequent selection according to inclusion and exclusion criteria. Hyperinsulinemia enhances hepatic synthesis of very-low-density lipoproteins (VLDL), reduces lipo- protein lipase activity, and forms the atherogenic triad: hypertriglyceridemia, decreased HDL cholesterol, and an increased number of small dense LDL particles. In girls, the protective effect of estrogens, SHBG, and the association with polycystic ovary syndrome (PCOS) play a specific role. Insulin resistance is the central, пубертат, девочки, инсулинорезистентность, дислипидемия, метаболиче- ский синдром, атерогенность, гиперинсулинемия, HOMA-IR. THE INTERRELATION BETWEEN INSULIN RESISTANCE AND DYSLIPIDEMIA IN PU- BERTAL GIRLS AND THEIR ROLE IN THE PATHOGENESIS OF METABOLIC SYNDROME

Ilmiy soha

Таълимда истиқболли изланишлар jurnalidan boshqa maqolalar

Таълимда истиқболли изланишлар — barcha maqolalar