San’atga aylangan taxallus: DOi 10.52773/tsuull.gold.2020.1/MXBN6320

Qurbonov, Abdulhamid

Oltin bitiklar – Golden Scripts · 2021-yil

Annotatsiya

Maqolada “Navoiy” taxallusi va unga asos bo‘lgan “navo” so‘zlari oʻrtasidagi munosabat haqida so‘z yuritilgan. Taxallus ulug‘ shoir uchun nafaqat adabiy nom, shu bilan birga, beqiyos poetik iqtidorini namoyon qilish uchun alohida imkoniyat ham bo‘lgan. U o‘z yuksak san’atkorlik mahoratini bu sohada ham, Bobur ta’biri bilan aytganda, “barchadan ko‘p va xo‘b” namoyish qilgan shoir. “Xamsa”, ayniqsa, “Xazoyin ul-maoniy” tarkibida Navoiy taxallusi bilan yaratilgan yuzlab yetuk va betakror baytlar bor. Bu baytlar “navo” yoki “Navoiy san’ati” deb atash mumkin bo‘lgan yangi va alohida bir san’atning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Mazkur san’at asosida ham ulug‘ shoirning yuksak badiiylik haqidagi qarashlari yotadi. Shoirning uqtirishicha, har bir asar mukammal tanosub asosiga qurilishi, badiiylik unsurlari o‘zaro, shuningdek, asar g‘oyaviy mazmuni bilan shakl va ma’no jihatidan aloqador bo‘lishi lozim. Maqolada shoir g‘azallaridan keltirilgan qator baytlar tahlili orqali “Navoiy” va “navo”, “benavo”, “navoe” so‘zlariga jo bo‘lgan badiiy, tasavvufiy ma’nolar, bu so‘zlar vositasi bilan yaratilgan bemisl poetik san’atlar koʻrsatib berilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarQurbonov, Abdulhamid
JurnalOltin bitiklar – Golden Scripts
Nashr sanasi2021-10-28
Jild1
Son1
TilRus

Kalit so‘zlar

Navoiy, tanosub, navo, kuy, sayrash, benavo, ishq, hajr

Ilmiy soha

Oltin bitiklar – Golden Scripts jurnalidan boshqa maqolalar

Oltin bitiklar – Golden Scripts — barcha maqolalar