PSIXOLOGIZMNING INTEGRATIV MODELI

Nazirova, Nargiza Odiljonovana

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada XX asr va zamonaviy adabiyotshunoslikda badiiy psixologizm nazariyasining fenomenologik, psixoanalitik va kognitiv yo‘nalishlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi badiiy psixologizmning nazariy asoslarini tizimlashtirish hamda mazkur metodologik yondashuvlarning badiiy matn tahlilidagi ilmiy imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy-tipologik, fenomenologik, germenevtik va psixopoetik tahlil metodlaridan foydalanildi. Tahlillar natijasida badiiy psixologizm qahramon ruhiy holatini tasvirlash usuli bilan cheklanmay, muallif, matn va kitobxon ongining o‘zaro ta’siri natijasida shakllanuvchi ko‘p qatlamli estetik hodisa ekanligi aniqlandi. Shuningdek, fenomenologiya, psixoanaliz va kognitiv poetikaning o‘zaro uyg‘unligi badiiy matnning psixologik hamda semantik qatlamlarini chuqurroq ochib berishga xizmat qilishi asoslandi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarNazirova, Nargiza Odiljonovana
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
Nashr sanasi2026-08-08
Jild8
Son7
Betlar203-214
TilIngliz
DOI10.70728/b.series.fil.v08.i07.033

Kalit so‘zlar

badiiy psixologizm, fenomenologiya, psixoanaliz, kognitiv poetika, badiiy matn, idrok, ong, ong osti, interpretatsiya, estetik tajriba.

Ilmiy soha

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar