BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA FLEYTA CHOLG‘USINI O‘QITISHDA O‘QITUVCHINING DIDAKTIK O‘YINLARNI TASHKIL ETISHDAGI ROLI

Suyumboyeva, Diyorabonu

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda fleyta cholg‘usini o‘qitish jarayonida o‘qituvchining didaktik o‘yinlarni tashkil etishdagi pedagogik va metodik roli tahlil qilingan. Boshlang‘ich yoshdagi o‘quvchilarning psixologik-fiziologik xususiyatlari, musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonida didaktik o‘yin texnologiyalarining imkoniyatlari hamda o‘qituvchining ushbu jarayonni samarali boshqarishdagi vazifalari ilmiy asoslangan. Shuningdek, o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi, metodik tayyorgarligi, ijodiy yondashuvi va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash mahoratining fleyta cholg‘usini o‘qitish sifatiga ta’siri yoritilgan. Maqolada didaktik o‘yinlarni rejalashtirish, dars mazmuniga mos tanlash, o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlariga moslashtirish hamda ularni baholash mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, didaktik o‘yinlarni maqsadli va tizimli tashkil etgan o‘qituvchi o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatlari, ritm hissi, musiqiy eshituvi, nota savodxonligi, ijrochilik mahorati va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarining rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, didaktik o‘yinlar darslarda ijobiy psixologik muhitni yaratish, o‘quvchilarning fleyta cholg‘usiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularning ijodiy faolligini rag‘batlantirishda muhim pedagogik vosita sifatida namoyon bo‘lishi asoslab berilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarSuyumboyeva, Diyorabonu
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
Nashr sanasi2026-07-15
Jild8
Son6
Betlar226-234
TilIngliz
DOI10.70728/c.series.ped.v08.i06.038

Kalit so‘zlar

Boshlang‘ich ta’lim, fleyta cholg‘usi, musiqa ta’limi, didaktik o‘yin, didaktik o‘yin texnologiyalari, o‘qituvchi, pedagogik mahorat, metodik kompetensiya, musiqiy kompetensiya, musiqiy qobiliyat, ritm hissi, musiqiy eshituv, nota savodxonligi, ijrochilik mahorati, interfaol metodlar, innovatsion pedagogika, estetik tarbiya, ijodiy faoliyat, o‘quv motivatsiyasi, musiqa pedagogikasi.

Ilmiy soha

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar