O‘ZBEK, INGLIZ VA RUS TILLARIDA KOMPLIMENTNING MILLIY- MADANIY XUSUSIYATLARI

Madaminova, Mohimbonu Qahramonjonovna

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘zbek, ingliz va rus tillarida komplimentning milliy- madaniy xususiyatlari qiyosiy lingvomadaniy va pragmatik yondashuv asosida tadqiq etiladi. Kompliment nutqiy muloqotning muhim elementi sifatida shaxslararo munosabatlarni mustahkamlash, ijobiy emotsional muhit yaratish hamda ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirish vazifalarini bajaradi. Tadqiqotda komplimentlarning mazmuniy yo‘nalishlari, kommunikativ maqsadlari, lingvistik ifoda vositalari va ularga beriladigan javob strategiyalari o‘zbek, ingliz va rus lingvomadaniyatlari kesimida tahlil qilinadi. Shuningdek, har bir xalqning tarixiy, ijtimoiy va madaniy qadriyatlari kompliment mazmuni hamda shakliga qanday ta’sir ko‘rsatishi aniqlanadi. Tahlillar natijasida o‘zbek tilida komplimentlar ko‘proq odob-axloq, tarbiya, insoniy fazilatlar va hurmat ifodasiga qaratilishi, ingliz tilida esa individual muvaffaqiyat, shaxsiy yutuq va mustaqillikni e’tirof etuvchi komplimentlar ustunligi kuzatilishi aniqlandi. Rus tilida esa hissiy-ekspressivlik yuqori bo‘lib, tashqi ko‘rinish, xarakter va shaxsiy sifatlarni baholovchi komplimentlar keng qo‘llanishi qayd etildi. Tadqiqot natijalari komplimentning milliy-madaniy xususiyatlarini aniqlash hamda turli madaniyat vakillari o‘rtasidagi samarali kommunikatsiyani rivojlantirishga xizmat qiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMadaminova, Mohimbonu Qahramonjonovna
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
Nashr sanasi2026-07-15
Jild8
Son06
Betlar179-188
TilIngliz
DOI10.70728/b.series.fil.v08.i06.022

Kalit so‘zlar

kompliment, lingvomadaniyat, pragmatika, nutqiy akt, milliy-madaniy xususiyatlar, kommunikativ strategiya, o‘zbek tili, ingliz tili, rus tili, madaniyatlararo muloqot, baholash, ijobiy munosabat, nutq etiketi, xushmuomalalik, lingvopragmatika.

Ilmiy soha

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar