KALOM ILMINING MOVAROUNNAHRGA KIRIB KELISHI

Narzullayeva, Zulxumor

Ислом тафаккури – Исламская мысль – Islamic thought – · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolada kalom ilmining Movarounnahrga kirib kelishi, uning shakllanishi va rivojlanishiga sabab bo'lgan omillar tahlil qilingan. Ilk islom davrida Qur'on ilmlari alohida fan sifatida shakllanmaganligi, sahobalar mutashobih oyatlar haqida savollar berganligi natijasida ixtiloflar kelib chiqqani aytilgan. VIII asrdan boshlab kalom ilmi keng rivojlana boshlagan va Movarounnahrga ham asta-sekin kirib kelgan. Abu Hanifa ta'limotining tarqalishi, uning shogirdlari (Abu Muqotil, Nasr ibn Abu Abdulmalik va boshqalar) orqali bu hududda hanafiylik maktabining mustahkamlanishi, qozilarning hanafiy mazhabidan bo'lishi uning rivojiga xizmat qilgan. Maqolada Abu Muqotil Samarqandiyning «Kitob al-olim val-mutaallim» asari, Hakim Samarqandiyning «Kitob as-savod al-a'zam» asari kabi manbalar, ularning mazmuni va kalom ilmidagi o'rni haqida batafsil ma'lumot berilgan. Shuningdek, Somoniylar davridagi diniy bag'rikenglik siyosati va uning kalom ilmi rivojiga ta'siri ham yoritilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarNarzullayeva, Zulxumor
JurnalИслом тафаккури – Исламская мысль – Islamic thought –
Nashr sanasi2026-07-23
Jild3
Son2
Betlar69-73
TilO‘zbek

Ilmiy soha

Ислом тафаккури – Исламская мысль – Islamic thought – jurnalidan boshqa maqolalar

Ислом тафаккури – Исламская мысль – Islamic thought – — barcha maqolalar