TIL O’QITISHDA SUN’IY INTELLEKT VOSITALARINING MADANIY KODLARTARJIMASIDAGIIMKONIYATLARI VA MUAMMOLARI (INGLIZ VA O’ZBEK TILLARI MISOLIDA)

SAIDBOBOYEVA, Mohinur Yashinjon qizi

Lingvospektr · 2025-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada sun’iy intellect(AI)asosida ishlovchi tarjima vositalarining ingliz va o’zbektillari o’rtasida madaniy kodlarni uzatishdagi samaradorligi, chegaralari va xatoliklari, shuningdek,ingliz tilini o’qitish jarayonida sun’iy intellekt(AI)texnologiyalaridan foydalanishda madaniy kodlarni tarjima qilishda yuzaga keladigan muammolarni tahlil qilinadi.Ingliz va o’zbek tillarining madaniy –fonetik, konseptual hamda semantik farqlari sababli AI vositalari ko’plab chalkashliklar va noto’g’ri tarjimalar yaratadi. Maqolada ushbu muammolarning sabablari, ularning ta’lim jarayoniga ta’siri hamdamadaniy kodlarning lingvomadaniy tabiatini ochib berish bilan birga, AI tarjimalari bilan inson tarjimasi o’rtasidagi farqlar, AI algoritmlarining kontekstsizlik muammosi, milliy realiyalar va idiomatik birliklarning noto’g’ri talqin qilinishi misollar orqali ko’rsatiladi. Tadqiqot natijalari AI tarjimalarida madaniy konnotatsiyalarni to’g’ri qayta ishlash uchun mukammal korpuslar va antroposentrik yondashuv zarurligini isbotlaydi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarSAIDBOBOYEVA, Mohinur Yashinjon qizi
JurnalLingvospektr
Nashr sanasi2025-12-26
Jild12
Son2
Betlar176-180
TilO‘zbek

Kalit so‘zlar

madaniy soddalashtirish, pedagogik vositachilik, madaniyatlararo ompetensiya, AI cheklovlari, tarjima muammolari

Ilmiy soha

Lingvospektr jurnalidan boshqa maqolalar

Lingvospektr — barcha maqolalar