Yolg‘izlik hissining ifodalanish xususiyatlari

Yuldasheva, Mahliyo

FarDU ilmiy xabarlari · 2024-yil

Annotatsiya

Yolg‘izlik jamiyatning barcha ijtimoiy tizimlariga xos ko‘p o‘lchovli hodisa bo‘lib, uning nazariy tadqiq etilishi qadimgi ildizlarga borib taqaladi. Yolg‘izlikni tahlil qilishning murakkabligi mazkur hodisaning ikkiyoqlamaliligi bilan belgilanadi. Ya’ni, inson mavjudligining qarama-qarshiliklarga to‘la bo‘lgan individual hamda ijtimoiy qobig‘i yolg‘izlik hissining refleksiyasidan kelib chiqadi. Bu borada g‘oyalar, fikr-mulohazalarning rang-barangligi ijtimoiy psixologiya fani negizida mazkur hodisaga oid izlanishlarning keng qamrovli yo‘nalishda olib borilishini talab qiladi. Shu maqsadda talabalarning tasavvurlarida subyektiv yolg‘izlik hissini o‘rganish uchun empirik tadqiqot o‘tkazdik. Mazkur maqolada tadqiqotimiz bo‘yicha olib borilgan ishlarning natijalari tizimli ko‘rinishda tahlil qilib berilgan. Tadqiqotda D.Rassel, L.Peplo va M.Fergyusonlar tomonidan ishlab chiqilgan “Yolg‘izlikni subyektiv his qilishni o‘rganish metodikasi” qo‘llanildi Respondentlardan olingan natijalarga ko‘ra, talabalar yolg‘izlik hissining xususiyatlari sifatida obyektiv, subyektiv, tashqi ichki hamda vaziyatga bog‘liq ravishda ifodalanadigan xususiyatlarini ahamiyatli deb hisoblashlari aniqlandi. Bu talabalarning ontogenetik taraqqiyot jihatidan olganda kuch-quvvatga to‘la yoshda ekanligi, inson tabiatida ro‘y beradigan hissiy holatlarni oqilona baholashlaridan dalolat beradi. Bu esa talabalarning yolg‘izlik hissini vaziyatga bog‘liq holda ongli ravishda tanlaydilar yoki inkor etishini ifodalaydi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarYuldasheva, Mahliyo
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2024-09-18
Jild30
Son3
Betlar19-19
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

yolg‘izlik hissi, talabalar guruhi, emotsional komponent, kognitiv komponent, ijtimoiy komponent, loneliness, student group, emotional component, cognitive component, social component

Iqtibos keltirish

APAYuldasheva, Mahliyo (2024). YOLG‘IZLIK HISSINING IFODALANISH XUSUSIYATLARI. FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 19-19. https://journal.fdu.uz/main/article/2410
GOST (OAK)Yuldasheva, Mahliyo YOLG‘IZLIK HISSINING IFODALANISH XUSUSIYATLARI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2024. – T. 30, № 3. – B. 19-19.
MLAYuldasheva, Mahliyo. “YOLG‘IZLIK HISSINING IFODALANISH XUSUSIYATLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 19-19, 2024. https://journal.fdu.uz/main/article/2410
ChicagoYuldasheva, Mahliyo. “YOLG‘IZLIK HISSINING IFODALANISH XUSUSIYATLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 19-19 (2024). https://journal.fdu.uz/main/article/2410
HarvardYuldasheva, Mahliyo (2024) ‘YOLG‘IZLIK HISSINING IFODALANISH XUSUSIYATLARI’, FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 19-19. https://journal.fdu.uz/main/article/2410
BibTeX
@article{yuldashevamahliyo2024,
  title = {YOLG‘IZLIK HISSINING IFODALANISH XUSUSIYATLARI},
  author = {Yuldasheva, Mahliyo},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2024},
  volume = {30},
  number = {3},
  pages = {19-19},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/2410}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2024-yil arxivi

Yuldasheva, Mahliyo — boshqa maqolalari