<p><em> Ushbu maqolada Qoraxoniylar davri adabiyoti vakili sifatida Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari chuqur tahlilga tortilgan. Asarning badiiy-estetik qiymati va uning mazmuniy qirralari germenevtik, struktural-poetik, psixologik hamda kontekstual tahlil usullari orqali yoritilgan. Tadqiqotning asosiy e’tibori asardagi ota obraziga qaratilgan bo‘lib, uning keng ko‘lamli talqini orqali muallifning o‘ziga xos tasvir uslubi, obraz yaratish mahorati va ularga yuklatilgan funksiyalarning zamonaviy dolzarbligi ko‘rib chiqilgan. Maqolada “Qutadg‘u bilig” asari davrning ijtimoiy-siyosiy manzarasi, davr muammolari hamda insonning “men”i va ichki olami, axloqiy qadriyatlari hamda hayotni to‘g‘ri tashkil etish masalalari asosiy mavzular sifatida tahlil qilingan. Ota obrazi orqali asarda “komil inson” — ma’naviy, axloqiy va ijtimoiy jihatdan yetuk shaxsni shakllantirish g‘oyasi ilgari surilgan. Mazkur tadqiqot O‘rta asr turkiy adabiyotning ma’naviy-estetik qadriyatlarini yoritishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, zamonaviy o‘quvchi va tadqiqotchilarga asarning chuqurroq anglanishiga xizmat qiladi.</em></p>
| Mualliflar | Abdullayeva, Dildoraxon |
|---|---|
| Jurnal | FarDU ilmiy xabarlari |
| Nashr sanasi | 2026-02-04 |
| Jild | 31 |
| Son | 6 |
| Betlar | 67-70 |
| Til | O‘zbek |
mumtoz adabiyot, pandnoma asar, ota obrazi, komil inson, poetik mazmun, talqin., Classical literature, didactic work, father figure, perfect human, poetic content, interpretation.
Maqolada yozuvchi Isajon Sultonning hikoyanavislik mahorati ochib berilgan. Hikoya janriga xos xususiyatlar, syujet qurilishi adib hikoyalari tahlili asosida asoslangan. “Oydinbuloq” hikoyasi syujeti unsurlarini tahlil…
Mazkur maqolada badiiy adabiyotda ayol taqdiri, uning ruhiaytini hikoyalardagi aks ettirilishi oʻrganilgan. Shuningdek, adabiyotshunoslikda ayol ruhiyatinini, uning taqdirini tadqiq etish badiiy adabiyotning bosh…
Maqolada Halima Xudoyberdiyeva lirikasida oq rang qo‘llanishining badiiy-estetik ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Shoira she’riyatining ta’sirchanligi rangning badiiy-g‘oyaviy jihatdan qo‘llash mahoratining…
Ushbu maqolada assotsiativ syujetning genezesi, assotsiatsiyaning psixologiya bilan o‘zaro aloqasi, assotsiatsiyaning psixologiyadan boshqa sohalarga o‘tish jarayoni o‘rganilgan. Adabiyotshunoslikda syujetning asosiy…
Ushbu maqolada tarjimashunoslik sohasida dolzarb bo‘lib kelayotgan masalalardan biri badiiy tarjimada tarjimon mahoratining namoyon bo‘lishi va uning ahamiyati atroflicha yoritilgan. Tadqiqotda, avvalo asliyat…
Maqolada rus tili sohiblari til ongida “QARIYALIK” konseptining assotsiativ-verbal tarmoqlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot S.A.Sharovning Rus assotsiativ lug‘ati ma’lumotlari, shuningdek, kognitiv lingvistika va…
Ushbu maqolada tarjimada milliy o‘ziga xos so‘zlarni yetkazish hamda muallifning individual uslubini to‘liq aks ettirishga xizmat qiluvchi asosiy tarjima prinsiplari ilmiy-nazariy nuqtai nazardan tahlil qilingan…
Ushbu maqolada qadimgi yunon shoirasi Sapfo va kumush asr rus shoirasi M. I. S vetayevaning sevgi lirikasi, shuningdek, ikkala shoiraga xos bo‘lgan ayollarga muhabbat mavzusi qiyosiy tahlil qilinadi. Har bir shoira…
Ijtimoiy - emotsional ta ' lim ( SEL ) — o ‘ zini anglash , o ‘ zini boshqarish , ijtimoiy ong , munosabatlar ko ‘ nikmalari va mas ' uliyatli qaror qabul qilishni rivojlantirish — samarali ta ' limning markaziy omili…
Ushbu maqola “Boburnoma” matnidagi qiyosiy tasvirlarning tarjimalari haqida. Maqola klassik adabiyotda qiyosiy tasvirlarni tarjima qilish jarayonida uchraydigan ayrim muammolarni hal etishga bag‘ishlangan. Ma’lumki…