HEMIS BIG DATA MA'LUMOTLARI ASOSIDA O'ZBEKISTONDA YOSHLARNING OLIY TA'LIMGA QABUL TENDENSIYASI: HUDUDLAR KESIMIDA GENDER TAHLILI (2023–2026)

O‘zbekov Shahzod Qurbonmurot o‘g‘li

Innores · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasida 2023–2026 o'quvyillarida 30 yoshgacha bo'lgan yoshlarning davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta'limmuassasalarining 1-kursiga qabul qilinishi mulkchilik shakli, hududlar va gendertarkibi kesimida chuqur statistik tahlil qilingan. Tadqiqot HEMIS axborot tizimidagi2 millionga yaqin yozuvni o'z ichiga olgan Big Data ma'lumotlar asosida Pythondasturlash tili yordamida amalga oshirilgan. Natijalar shuni ko'rsatdiki, jami qabul320 249 nafardan 443 272 nafargacha (38,4%) o'sgan, nodavlat OTMlarga qabul98,8% ga keskin o'sgan, davlat OTMlar ulushi 63,1% dan 49,7% ga tushgan — ikkiqutbli model shakllanmoqda. Gender tarkibi bo'yicha ayollar ulushi 50,1% dan 52,5%ga ko'tarilib, GPI 1,002 dan 1,105 ga yetgan. Hududiy tahlil Farg'ona vodiysida engyuqori o'sish (+78%), Qashqadaryo va Surxondaryoda esa ayollar ulushining pastligianiqlangan. M.Trow ning universallashtirish nazariyasi, G.Becker ning inson kapitalikonsepsiyasi va A.Sen ning imkoniyatlar yondashuvi doirasida natijalar ilmiy asoslabberilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarO‘zbekov Shahzod Qurbonmurot o‘g‘li
JurnalInnores
Nashr sanasi2026-05-30
Jild2
Son5
Betlar205-215
TilIngliz

Kalit so‘zlar

Big Data, HEMIS, oliy ta'lim, qabul tendensiyasi, gender tahlil, Gender Parity Index, hududiy tahlil, davlat OTM, nodavlat OTM, inson kapitali, institutsional transformatsiya, Python.

Ilmiy soha

Innores jurnalidan boshqa maqolalar

Innores — barcha maqolalar