NORMA IJODKORLIGI VA BOSQICHLARI YUZASIDAN NAZARIY HAMDA HUQUQIY TAHLIL

Azizjon , Xujanazarov

Ўзбекистон қонунчилиги таҳлили – Uzbek law review – Обзор законодательства Узбекис тана · 2025-yil

Annotatsiya

Mazkur ilmiy maqola doirasida mamlakatimizda norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish asosiy maqsad qilib olingan. Shuningdek, norma ijodkorligi faoliyatini huquqiy tartibga coluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, huquqni qо‘llash amaliyoti, xorijiy mamlakatlar qonunchiligi va amaliyoti hamda ilmiy-nazariy qarashlar va huquqiy kategoriyalar ilmiy maqola bо‘yicha tadqiqot predmeti hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi va predmetidan kelib chiqib ta’kidlash lozimki, bugungi kunda “norma ijodkorligi” tushunchasi yuzasidan ilmiy tadqiqotlar о‘tkazilgan bо‘lsada, uning yagona ta’rifi borasida aniq ilmiy konsepsiya shakllanmagan. Shu bilan birga milliy qonunchilikda ham ushbu tushunchaning huquqiy tavsifi hamda unga oid huquqiy normalar ishlab chiqilmagan. Qayd etiganlar ushbu mavzuning bugungi kunda yurisprudensiya uchun dolzarbligini kо‘rsatmoqda. Shundan kelib chiqib, mazkur maqola doirasida “norma ijodkorligi” tushunchasi borasidagi ilmiy va huquqiy nazariyalar tahlil qilinib, mazkur tushuncha va uning bosqichlari yuzasidan mualliflik ta’riflari ishlab chiqilgan. Shuningdek, maqola doirasida mazkur tushunchaning “huquq ijodkorligi” va “qonun ijodkorligi”tushunchalaridan farqli jihatlari soha olimlari qarashlari bilan о‘zaro ilmiy bahs va tahlil asosida ilmiy jihatdan atroflicha asoslab berilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarAzizjon , Xujanazarov
JurnalЎзбекистон қонунчилиги таҳлили – Uzbek law review – Обзор законодательства Узбекис тана
Nashr sanasi2025-09-01
Jild2
Son2
Betlar67-72
TilO‘zbek

Kalit so‘zlar

norma, qonun, huquq, davlat, konsepsiya, tartib, ekspertiza, qonunchilik

Ilmiy soha

Ўзбекистон қонунчилиги таҳлили – Uzbek law review – Обзор законодательства Узбекис тана jurnalidan boshqa maqolalar

Ўзбекистон қонунчилиги таҳлили – Uzbek law review – Обзор законодательства Узбекис тана — barcha maqolalar