Eksperimental metabolik sindrom modelida son arteriyasi devorining aterogen remodellanishi

Otamuradov , Abdukarim Narmuradovich

Гуманитар ва табиий фанлар журнали · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda metabolik sindrom sharoitida son arteriyasi devorida yuzaga keladigan morfologik va morfometrik oʻzgarishlar eksperimental modelda oʻrganildi. Tadqiqot obyekti sifatida oq laborator kalamushlar tanlanib, nazorat va tajriba guruhlariga ajratildi. Tajriba guruhida yuqori kaloriyali, yogʻ va uglevodlarga boy ratsion orqali metabolik sindrom chaqirildi.Morfologik tahlil natijalari shuni koʻrsatdiki, tajribaning 30 kunida endotelial disfunksiya va elastik tuzilmalar dezorganizatsiyasi kuzatilib, aterosklerozning boshlangʻich bosqichiga xos oʻzgarishlar aniqlandi. 60 kunlik bosqichda intima va mediya qavatlarida struktura oʻzgarishlari chuqurlashib, tomir devori remodellanishi rivojlandi. 90 kunga kelib esa destruktiv-distrofik jarayonlar kuchayib, elastik tolalar fragmentatsiyasi, kollagenizatsiya va tomir devorining sklerotik qayta qurilishi shakllandi. Shu bilan birga, giperglikemiya, dislipidemiya va tana vaznining ortishi kabi biokimyoviy oʻzgarishlar tomir devoridagi morfologik buzilishlar bilan uzviy bogʻliq ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar metabolik sindrom sharoitida aterogen jarayonning bosqichma-bosqich rivojlanishini va uning morfogenetik mexanizmlarini ochib beradi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarOtamuradov , Abdukarim Narmuradovich
JurnalГуманитар ва табиий фанлар журнали
NashriyotEMU University
ISSN2181-4007
Nashr sanasi2026-09-14
Son36
Betlar374-379
TilO‘zbek
Ilmiy sohaTibbiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-10-24

Kalit so‘zlar

metabolik sindrom, son arteriyasi, ateroskleroz, morfologik oʻzgarishlar, morfometrik tahlil, endotelial disfunksiya, elastik tolalar dezorganizatsiyasi, kollagenizatsiya, eksperimental tadqiqot.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAOtamuradov , Abdukarim Narmuradovich (2026). EKSPERIMENTAL METABOLIK SINDROM MODELIDA SON ARTERIYASI DEVORINING ATEROGEN REMODELLANISHI. Гуманитар ва табиий фанлар журнали, (36), 374-379. https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/7069
GOST (OAK)Otamuradov , Abdukarim Narmuradovich EKSPERIMENTAL METABOLIK SINDROM MODELIDA SON ARTERIYASI DEVORINING ATEROGEN REMODELLANISHI // Гуманитар ва табиий фанлар журнали. – 2026. – № 36. – B. 374-379.
MLAOtamuradov , Abdukarim Narmuradovich. “EKSPERIMENTAL METABOLIK SINDROM MODELIDA SON ARTERIYASI DEVORINING ATEROGEN REMODELLANISHI.” Гуманитар ва табиий фанлар журнали, (36), 374-379, 2026. https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/7069
ChicagoOtamuradov , Abdukarim Narmuradovich. “EKSPERIMENTAL METABOLIK SINDROM MODELIDA SON ARTERIYASI DEVORINING ATEROGEN REMODELLANISHI.” Гуманитар ва табиий фанлар журнали, (36), 374-379 (2026). https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/7069
HarvardOtamuradov , Abdukarim Narmuradovich (2026) ‘EKSPERIMENTAL METABOLIK SINDROM MODELIDA SON ARTERIYASI DEVORINING ATEROGEN REMODELLANISHI’, Гуманитар ва табиий фанлар журнали, (36), 374-379. https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/7069
BibTeX
@article{otamuradovabdukarimnarmuradovich2026,
  title = {EKSPERIMENTAL METABOLIK SINDROM MODELIDA SON ARTERIYASI DEVORINING ATEROGEN REMODELLANISHI},
  author = {Otamuradov , Abdukarim Narmuradovich},
  journal = {Гуманитар ва табиий фанлар журнали},
  year = {2026},
  number = {36},
  pages = {374-379},
  url = {https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/7069}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Гуманитар ва табиий фанлар журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Гуманитар ва табиий фанлар журнали — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Otamuradov , Abdukarim Narmuradovich — boshqa maqolalari

Tibbiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Tibbiyot sohasidagi OAK jurnallari