O'rta Osiyo olimlarining fonetika sohasidagi tadqiqotlari asosida talabalarning fonetik ko'nikmalarini takomillashtirish masalalari

Xalimova, Dilshoda

FarDU ilmiy xabarlari · 2025-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada O'rta Osiyo olimlarining fonetika sohasidagi ilmiy tadqiqotlari tahlil qilinib, ularning talabalarda fonetik ko'nikmalarni shakllantirishdagi o'rni yoritilgan. So'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni, xususan ingliz tilini o'qitish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgani, bu esa fonetik kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar faollashuviga sabab bo'lgani qayd etiladi. Maqolada Tursunov M., Ergashev O., Rasulova D., Mamatqulov A., Sodiqova N., Yoqubova Z., Mahmudov R., Xasanov K., Karimova N. va Toshmatova G. kabi olimlarning tadqiqotlari asosida fonetik o'qitishning metodik va psixologik jihatlari tahlil etilgan. Olimlar tadqiqotlarida fonetik ko'nikmalarni shakllantirishda tinglab tushunish, fonematik eshituv, fonetik tahlil, intonatsiya va urg'u elementlarining o'zaro bog'liqligi, shuningdek, psixologik va motivatsion omillar muhim o'rin tutishi ko'rsatiladi. Shuningdek, J.J. Jalolovning lingvodidaktik modeli va T.Q. Sattorovning kommunikativ yondashuvi asosida fonetik kompetensiyani rivojlantirishning nazariy hamda amaliy asoslari yoritilgan. D.O'. Xoshimovaning uzluksiz ta'lim tizimidagi fonetik o'qitish bo'yicha qarashlari esa mazkur masalaning kompleks hal etilishini ta'minlovchi ilmiy yondashuv sifatida baholanadi. Maqola yakunida O'rta Osiyo olimlari izlanishlarining zamonaviy til ta'limidagi ahamiyati, ularning yondashuvlarini integratsiyalash orqali talabalar fonetik ko'nikmalarini takomillashtirish istiqbollari haqida xulosa chiqarilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarXalimova, Dilshoda
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2025-12-31
Jild31
Betlar114-117
TilO‘zbek
Ilmiy sohaFilologiya
Indeksga qo‘shilgan2026-10-20

Kalit so‘zlar

fonetik ko'nikma, talaffuz, intonatsiya, urg'u, fonetik tahlil, fonematik eshituv, kommunikativ yondashuv, lingvodidaktika, O'rta Osiyo olimlari., phonetic skills, pronunciation, intonation, stress, phonetic analysis, phonemic hearing, communicative approach, linguodidactics, Central Asian scholars. 114 2025

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAXalimova, Dilshoda (2025). O'rta Osiyo olimlarining fonetika sohasidagi tadqiqotlari asosida talabalarning fonetik ko'nikmalarini takomillashtirish masalalari. FarDU ilmiy xabarlari, 31, 114-117. https://journal.fdu.uz/main/article/8104
GOST (OAK)Xalimova, Dilshoda O'rta Osiyo olimlarining fonetika sohasidagi tadqiqotlari asosida talabalarning fonetik ko'nikmalarini takomillashtirish masalalari // FarDU ilmiy xabarlari. – 2025. – T. 31. – B. 114-117.
MLAXalimova, Dilshoda. “O'rta Osiyo olimlarining fonetika sohasidagi tadqiqotlari asosida talabalarning fonetik ko'nikmalarini takomillashtirish masalalari.” FarDU ilmiy xabarlari, 31, 114-117, 2025. https://journal.fdu.uz/main/article/8104
ChicagoXalimova, Dilshoda. “O'rta Osiyo olimlarining fonetika sohasidagi tadqiqotlari asosida talabalarning fonetik ko'nikmalarini takomillashtirish masalalari.” FarDU ilmiy xabarlari, 31, 114-117 (2025). https://journal.fdu.uz/main/article/8104
HarvardXalimova, Dilshoda (2025) ‘O'rta Osiyo olimlarining fonetika sohasidagi tadqiqotlari asosida talabalarning fonetik ko'nikmalarini takomillashtirish masalalari’, FarDU ilmiy xabarlari, 31, 114-117. https://journal.fdu.uz/main/article/8104
BibTeX
@article{xalimovadilshoda2025,
  title = {O'rta Osiyo olimlarining fonetika sohasidagi tadqiqotlari asosida talabalarning fonetik ko'nikmalarini takomillashtirish masalalari},
  author = {Xalimova, Dilshoda},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2025},
  volume = {31},
  pages = {114-117},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/8104}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2025-yil arxivi

Filologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Filologiya sohasidagi OAK jurnallari