Autizm spektri buzilgan maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalarining tarkibiy tuzilishi

SHODMANXOJIYEVA, IRODA

Таълимда истиқболли изланишлар · 2026-yil

Annotatsiya

Kirish. Autizm spektri buzilishi rivojlanishning turli sohalarida individual xususiyatlar bilan namoyon bo‘ladigan neyro-rivojlanish holatlaridan biri bo‘lib, uning asosiy belgilaridan biri ijtimoiy kommunikatsiya va o‘zaro ijtimoiy munosabatlarni boshlash hamda davom ettirishdagi qiyinchiliklar hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ICD-11 bo‘yicha klinik tavsiflarida autizm spektri buzilishi uchun ijtimoiy kommunikatsiya va o‘zaro ijtimoiy munosabatlardagi barqaror qiyinchiliklar muhim diagnostik xususiyat sifatida ko‘rsatiladi. Bunda bolaning yoshiga, intellektual va nutqiy rivojlanishiga mos ravishda ijtimoiy kommunikatsiya vositalaridan foydalanishi, boshqalarning verbal va noverbal kommunikativ signallarini tushunishi hamda ijtimoiy vaziyatlarda muloqotga kirishishi alohida ahamiyatga ega[3]. Maktabgacha yosh davri bolaning tengdoshlari va kattalar bilan faol ijtimoiy munosabatlarga kirishishi, qo‘shma faoliyatni tashkil etishi, navbat kutishi, o‘yin qoidalarini tushunishi, his-tuyg‘ularni anglash va ifodalash, turli vaziyatlarda xulq-atvorini boshqarish ko‘nikmalari jadal shakllanadigan davr hisoblanadi. Shu sababli aynan ushbu davrda ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalarini maqsadli shakllantirish maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika oldidagi muhim vazifalardan biridir. O‘zbekiston Respublikasida ham alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni ta’lim jarayoniga jalb etish va ularning individual imkoniyatlarini hisobga olishga qaratilgan me’yoriy- huquqiy asoslar shakllangan. Jumladan, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunda autizmga chalingan uch yoshdan katta bolalar uchun guruhlarni tashkil etish va inklyuziv guruhlarda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni ta’lim jarayoniga jalb etish bilan bog‘liq normalar belgilangan[1]. Demak, autizm spektri buzilgan maktabgacha yoshdagi …

Maqola ma’lumotlari
MualliflarSHODMANXOJIYEVA, IRODA
JurnalТаълимда истиқболли изланишлар
NashriyotБухоро давлат университети
ISSN3060-527X, 3030-380X
Nashr sanasi2026-10-04
Son9
Betlar158-163
TilO‘zbek
DOI10.67547/fanistiqbollari.2026.669
Indeksga qo‘shilgan2026-10-18

Kalit so‘zlar

autism spectrum disorder, preschool children, social adaptation, social skills, communication, social interaction, joint attention, socio-emotional development, behavioral regulation, adaptation, расстройство аутистического спектра, дошкольный возраст, социальная адаптация, социальные навыки, коммуникация, социальное взаимодействие, совместное внимание, социально-эмоциональное развитие, поведение, адаптация

Iqtibos keltirish

APASHODMANXOJIYEVA, IRODA (2026). AUTIZM SPEKTRI BUZILGAN MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IJTIMOIY MOSLASHUV KO‘NIKMALARINING TARKIBIY TUZILISHI. Таълимда истиқболли изланишлар, (9), 158-163. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.669
GOST (OAK)SHODMANXOJIYEVA, IRODA AUTIZM SPEKTRI BUZILGAN MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IJTIMOIY MOSLASHUV KO‘NIKMALARINING TARKIBIY TUZILISHI // Таълимда истиқболли изланишлар. – 2026. – № 9. – B. 158-163. – DOI: 10.67547/fanistiqbollari.2026.669.
MLASHODMANXOJIYEVA, IRODA. “AUTIZM SPEKTRI BUZILGAN MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IJTIMOIY MOSLASHUV KO‘NIKMALARINING TARKIBIY TUZILISHI.” Таълимда истиқболли изланишлар, (9), 158-163, 2026. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.669
ChicagoSHODMANXOJIYEVA, IRODA. “AUTIZM SPEKTRI BUZILGAN MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IJTIMOIY MOSLASHUV KO‘NIKMALARINING TARKIBIY TUZILISHI.” Таълимда истиқболли изланишлар, (9), 158-163 (2026). https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.669
HarvardSHODMANXOJIYEVA, IRODA (2026) ‘AUTIZM SPEKTRI BUZILGAN MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IJTIMOIY MOSLASHUV KO‘NIKMALARINING TARKIBIY TUZILISHI’, Таълимда истиқболли изланишлар, (9), 158-163. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.669
BibTeX
@article{shodmanxojiyevairoda2026,
  title = {AUTIZM SPEKTRI BUZILGAN MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IJTIMOIY MOSLASHUV KO‘NIKMALARINING TARKIBIY TUZILISHI},
  author = {SHODMANXOJIYEVA, IRODA},
  journal = {Таълимда истиқболли изланишлар},
  year = {2026},
  number = {9},
  pages = {158-163},
  doi = {10.67547/fanistiqbollari.2026.669},
  url = {https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.669}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Таълимда истиқболли изланишлар jurnalidan boshqa maqolalar

Таълимда истиқболли изланишлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

SHODMANXOJIYEVA, IRODA — boshqa maqolalari