Vatanparvarlik tushunchasining ijtimoiy-pedagogik asoslari

ABDUVOSITOV, HUSNIDDIN

Таълимда истиқболли изланишлар · 2026-yil

Annotatsiya

Kirish. Globallashuv, raqamli transformatsiya va geosiyosiy jarayonlarning jadallashuvi sharoitida yosh avlodda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish va rivojlantirish ta’lim tizimining ustuvor vazifalaridan biriga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari, yoshlar siyosati hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi fuqarolik mas’uliyati, milliy o‘zlikni anglash va Vatanga sadoqat kabi fazilatlarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Bunday sharoitda vatanparvarlikning nazariy asoslarini chuqur o‘rganish, uning ijtimoiy-pedagogik va psixologik mohiyatini ilmiy jihatdan tahlil qilish dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, vatanparvarlik tushunchasi turli fanlar doirasida turlicha talqin etiladi. Falsafiy yondashuvlarda u ijtimoiy va axloqiy qadriyat sifatida, pedagogik tadqiqotlarda shaxsning muhim fazilati hamda tarbiya maqsadi sifatida, psixologik izlanishlarda esa motivatsion, emotsional va xulq-atvor komponentlarini o‘z ichiga oluvchi murakkab psixik hodisa sifatida izohlanadi. Mazkur yondashuvlarning xilma-xilligi vatanparvarlikning ko'p qirrali mazmunini ochib bersa-da, uning zamonaviy ta‘lim tizimidagi ijtimoiy-pedagogik mohiyatini kompleks tahlil qilish zaruratini yuzaga keltiradi. So‘nggi yillarda vatanparvarlikni shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlar soni ortib bormoqda. Biroq mavjud ilmiy ishlarda ushbu tushunchaning tarixiy-falsafiy, ijtimoiy- pedagogik va psixologik yondashuvlari ko‘pincha alohida tahlil qilinib, ularning o‘zaro integratsiyasi yetarli darajada yoritilmagan. Ayniqsa, zamonaviy demokratik jamiyat sharoitida vatanparvarlikning tarkibiy komponentlari hamda ularning shaxs rivojlanishidagi o‘rni bo'yicha tizimli ilmiy umumlashtirishga ehtiyoj saqlanib qolmoqda. Mazkur maqolaning maqsadi vatanparvarlik tushunchasining tarixiy-falsafiy, ijtimoiy- pedagogik va psixologik asoslarini ilmiy …

Maqola ma’lumotlari
MualliflarABDUVOSITOV, HUSNIDDIN
JurnalТаълимда истиқболли изланишлар
NashriyotБухоро давлат университети
ISSN3060-527X, 3030-380X
Nashr sanasi2026-09-22
Son8
Betlar278-284
TilO‘zbek
DOI10.67547/fanistiqbollari.2026.581
Indeksga qo‘shilgan2026-09-23

Kalit so‘zlar

patriotism, socio-pedagogical approach, psychological approach, patriotic education, socio-moral value, civic responsibility, national values, personality development, patriotic consciousness, theoretical analysis, патриотизм, социально-педагогический подход, психологический подход, патриотическое воспитание, социально-нравственная ценность, гражданская ответственность, национальные ценности, развитие личности, патриотическое сознание, теоретический анализ

Iqtibos keltirish

APAABDUVOSITOV, HUSNIDDIN (2026). VATANPARVARLIK TUSHUNCHASINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK ASOSLARI. Таълимда истиқболли изланишлар, (8), 278-284. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.581
GOST (OAK)ABDUVOSITOV, HUSNIDDIN VATANPARVARLIK TUSHUNCHASINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK ASOSLARI // Таълимда истиқболли изланишлар. – 2026. – № 8. – B. 278-284. – DOI: 10.67547/fanistiqbollari.2026.581.
MLAABDUVOSITOV, HUSNIDDIN. “VATANPARVARLIK TUSHUNCHASINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK ASOSLARI.” Таълимда истиқболли изланишлар, (8), 278-284, 2026. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.581
ChicagoABDUVOSITOV, HUSNIDDIN. “VATANPARVARLIK TUSHUNCHASINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK ASOSLARI.” Таълимда истиқболли изланишлар, (8), 278-284 (2026). https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.581
HarvardABDUVOSITOV, HUSNIDDIN (2026) ‘VATANPARVARLIK TUSHUNCHASINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK ASOSLARI’, Таълимда истиқболли изланишлар, (8), 278-284. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.581
BibTeX
@article{abduvositovhusniddin2026,
  title = {VATANPARVARLIK TUSHUNCHASINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK ASOSLARI},
  author = {ABDUVOSITOV, HUSNIDDIN},
  journal = {Таълимда истиқболли изланишлар},
  year = {2026},
  number = {8},
  pages = {278-284},
  doi = {10.67547/fanistiqbollari.2026.581},
  url = {https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.581}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Таълимда истиқболли изланишлар jurnalidan boshqa maqolalar

Таълимда истиқболли изланишлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi