Davlat sog‘liqni saqlash tashkilotlarida xarajatlarni smeta moddalari bo‘yicha tasniflash va tahlil qilish

Raximova , Maftuna

Innovations in Science and Technologies · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada davlat sog‘liqni saqlash tashkilotlarida xarajatlarni smeta moddalari bo‘yicha tasniflash, ularning tarkibiy tuzilishini aniqlash hamda xarajatlar samaradorligini baholashning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Sog‘liqni saqlash tizimida moliyaviy resurslardan oqilona va maqsadli foydalanish tibbiy xizmatlarning sifati, aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati hamda davlat budjeti mablag‘larining samaradorligini ta’minlashning muhim sharti sifatida ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda davlat sog‘liqni saqlash tashkilotlari xarajatlarini iqtisodiy mazmuniga ko‘ra guruhlash, xarajatlarning umumiy hajmdagi ulushini aniqlash, reja va amaldagi ko‘rsatkichlarni taqqoslash hamda ularning o‘zgarish dinamikasini baholashga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, ijtimoiy ajratmalar, asosiy vositalarni saqlash va boshqa xarajatlarning smeta tarkibidagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot metodologiyasida tizimli tahlil, gorizontal va vertikal tahlil, iqtisodiystatistik usullar, guruhlash, nisbiy ko‘rsatkichlar hamda integral baholash usullaridan foydalanilgan. Xarajatlarning bir bemorga to‘g‘ri keladigan miqdori, smeta ijrosi darajasi va xarajatlar samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar asosida moliyaviy resurslardan foydalanish holati baholangan. Tadqiqot natijasida sog‘liqni saqlash tashkilotlari xarajatlarini faqat miqdoriy jihatdan emas, balki ularning tarkibi, dinamikasi va erishilgan tibbiy xizmat natijalari bilan o‘zaro bog‘liq holda baholash zarurligi asoslangan. Shuningdek, xarajatlarni funksional va iqtisodiy tasniflashni uyg‘unlashtirish, xarajatlarni raqamlashtirilgan monitoring qilish hamda “resurs–xarajat–xizmat– natija” tamoyili asosida boshqarish davlat sog‘liqni saqlash tashkilotlarida moliyaviy samaradorlikni oshirishning muhim yo‘nalishlari sifatida taklif etilgan. Mazkur yondashuv davlat budjeti mablag‘laridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, xarajatlarni rejalashtirish sifatini yaxshilash va sog‘liqni saqlash xizmatlarining iqtisodiy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarRaximova , Maftuna
JurnalInnovations in Science and Technologies
NashriyotТошкент давлат иқтисодиёт университети
ISSN3030-3451
Nashr sanasi2026-09-18
Jild3
Son9
Betlar175-187
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-09-19

Kalit so‘zlar

davlat sog‘liqni saqlash tashkiloti, xarajatlar smetasi, budjet xarajatlari, smeta moddalari, xarajatlar tasnifi, ish haqi, dori vositalari, tibbiy xizmat, budjet mablag‘lari, moliyaviy tahlil.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APARaximova , Maftuna (2026). DAVLAT SOG‘LIQNI SAQLASH TASHKILOTLARIDA XARAJATLARNI SMETA MODDALARI BO‘YICHA TASNIFLASH VA TAHLIL QILISH. Innovations in Science and Technologies, 3(9), 175-187. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1719
GOST (OAK)Raximova , Maftuna DAVLAT SOG‘LIQNI SAQLASH TASHKILOTLARIDA XARAJATLARNI SMETA MODDALARI BO‘YICHA TASNIFLASH VA TAHLIL QILISH // Innovations in Science and Technologies. – 2026. – T. 3, № 9. – B. 175-187.
MLARaximova , Maftuna. “DAVLAT SOG‘LIQNI SAQLASH TASHKILOTLARIDA XARAJATLARNI SMETA MODDALARI BO‘YICHA TASNIFLASH VA TAHLIL QILISH.” Innovations in Science and Technologies, 3(9), 175-187, 2026. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1719
ChicagoRaximova , Maftuna. “DAVLAT SOG‘LIQNI SAQLASH TASHKILOTLARIDA XARAJATLARNI SMETA MODDALARI BO‘YICHA TASNIFLASH VA TAHLIL QILISH.” Innovations in Science and Technologies, 3(9), 175-187 (2026). https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1719
HarvardRaximova , Maftuna (2026) ‘DAVLAT SOG‘LIQNI SAQLASH TASHKILOTLARIDA XARAJATLARNI SMETA MODDALARI BO‘YICHA TASNIFLASH VA TAHLIL QILISH’, Innovations in Science and Technologies, 3(9), 175-187. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1719
BibTeX
@article{raximovamaftuna2026,
  title = {DAVLAT SOG‘LIQNI SAQLASH TASHKILOTLARIDA XARAJATLARNI SMETA MODDALARI BO‘YICHA TASNIFLASH VA TAHLIL QILISH},
  author = {Raximova , Maftuna},
  journal = {Innovations in Science and Technologies},
  year = {2026},
  volume = {3},
  number = {9},
  pages = {175-187},
  url = {https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1719}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Innovations in Science and Technologies jurnalidan boshqa maqolalar

Innovations in Science and Technologies — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Raximova , Maftuna — boshqa maqolalari

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari