Mintaqalarda to‘qimachilik sanoati rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni ekonometrik baholash

Shoyimov, Adiz

Innovations in Science and Technologies · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston mintaqalarida to‘qimachilik sanoati rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar panel ma’lumotlar ekonometrikasi usullari asosida baholangan. Tadqiqotning dolzarbligi tarmoq ishlab chiqarish quvvatlarining hududlar bo‘yicha notekis joylashuvi, paxta-to‘qimachilik klasterlari modeliga o‘tish va eksport tarkibining tayyor mahsulot tomon siljishi sharoitida hududiy siyosatni asoslash uchun omillar ta’sir kuchini miqdoriy aniqlash zarurati bilan izohlanadi. Tahlil Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 12 ta viloyat bo‘yicha 2017–2024-yillarni qamrab olgan 104 ta kuzatuvga asoslandi. Kengaytirilgan Kobb–Duglas ishlab chiqarish funksiyasi doirasida asosiy kapitalga investitsiyalar, band xodimlar soni, paxta xomashyosi resursi, eksport hajmi, tayyor mahsulot ulushi va paxta maydonlarining klasterlar bilan qamrab olinish darajasining ishlab chiqarish hajmiga ta’siri yig‘ma eng kichik kvadratlar usuli, tasodifiy va qat’iy effektli modellar yordamida baholandi. F-test, Breusch–Pagan va Hausman testlari asosida qat’iy effektli model maqbul spetsifikatsiya sifatida tanlandi, geteroskedastiklik, avtokorrelyatsiya, kesimlararo bog‘liqlik va multikollinearlik diagnostika qilindi. Natijalarga ko‘ra, mehnat (0,303), investitsiya (0,254), eksport (0,189) va xomashyo (0,142) omillarining elastikligi statistik ahamiyatli bo‘lib, ularning yig‘indisi birdan kichik; tayyor mahsulot ulushining 1 foiz punktga oshishi ishlab chiqarishni o‘rtacha 0,70 foizga ko‘paytiradi. Klasterlashuv ta’siri vaqt effektlari hisobga olinganda statistik ahamiyatini yo‘qotdi. Hududiy individual effektlar Namangan, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida musbat, Sirdaryo, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida manfiy ekani aniqlandi. Tadqiqotda ishlab chiqarish funksiyasi, klasterlar va global qiymat zanjirlari nazariyalarini uyg‘unlashtirgan holda an’anaviy, resurs, bozor va institutsional-tarkibiy omillarni yagona panel modelda baholash yondashuvi taklif etilgan. Olingan natijalar asosida hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga oluvchi differensiatsiyalashgan to‘qimachilik siyosati bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Natijalardan hududiy investitsiya dasturlari va tarmoqni rivojlantirish strategiyalarini shakllantirishda foydalanish mumkin.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarShoyimov, Adiz
JurnalInnovations in Science and Technologies
NashriyotТошкент давлат иқтисодиёт университети
ISSN3030-3451
Nashr sanasi2026-09-11
Jild3
Son9
Betlar77-91
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-09-12

Kalit so‘zlar

to‘qimachilik sanoati, mintaqaviy rivojlanish, panel ma’lumotlar, qat’iy effektli model, Hausman testi, Kobb–Duglas funksiyasi, elastiklik, klasterlashuv, tayyor mahsulot ulushi, eksport.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAShoyimov, Adiz (2026). MINTAQALARDA TO‘QIMACHILIK SANOATI RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI EKONOMETRIK BAHOLASH. Innovations in Science and Technologies, 3(9), 77-91. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1715
GOST (OAK)Shoyimov, Adiz MINTAQALARDA TO‘QIMACHILIK SANOATI RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI EKONOMETRIK BAHOLASH // Innovations in Science and Technologies. – 2026. – T. 3, № 9. – B. 77-91.
MLAShoyimov, Adiz. “MINTAQALARDA TO‘QIMACHILIK SANOATI RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI EKONOMETRIK BAHOLASH.” Innovations in Science and Technologies, 3(9), 77-91, 2026. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1715
ChicagoShoyimov, Adiz. “MINTAQALARDA TO‘QIMACHILIK SANOATI RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI EKONOMETRIK BAHOLASH.” Innovations in Science and Technologies, 3(9), 77-91 (2026). https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1715
HarvardShoyimov, Adiz (2026) ‘MINTAQALARDA TO‘QIMACHILIK SANOATI RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI EKONOMETRIK BAHOLASH’, Innovations in Science and Technologies, 3(9), 77-91. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1715
BibTeX
@article{shoyimovadiz2026,
  title = {MINTAQALARDA TO‘QIMACHILIK SANOATI RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI EKONOMETRIK BAHOLASH},
  author = {Shoyimov, Adiz},
  journal = {Innovations in Science and Technologies},
  year = {2026},
  volume = {3},
  number = {9},
  pages = {77-91},
  url = {https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1715}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Innovations in Science and Technologies jurnalidan boshqa maqolalar

Innovations in Science and Technologies — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari