Hududlarda yoshlar bilan ishlash tizimini samarali boshqarishda boshqaruv mexanizmlarining roli

Saidov , Sanjar

Innovations in Science and Technologies · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolada O‘zbekiston hududlarida yoshlar bilan ishlash tizimini samarali boshqarishda boshqaruv mexanizmlarining roli amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, Yoshlar ishlari agentligining rasmiy hisobotlari va ochiq ma’lumotlari, Milliy statistika qo‘mitasi hamda SIAT ko‘rsatkichlari, shuningdek, Jahon bankining O‘zbekistonda yoshlar bandligiga bag‘ishlangan tadqiqoti asosida o‘rganildi. Tadqiqotda mahalla darajasida yoshlar yetakchilari faoliyati, “yoshlar balansi” va “Yoshlar daftari” orqali manzilli ishlash, bandlikni ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik va iqtisodiy ko‘makni qo‘llab-quvvatlash, ajratilgan resurslar natijadorligini monitoring qilish mexanizmlariga e’tibor qaratildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda 9 452 ta mahallada 8,3 mln nafar yosh bo‘yicha “yoshlar balansi” shakllantirilgan, 342 ming nafar ishsiz yoshning bandligi ta’minlangan, “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida 18,6 ming nafar yosh uchun o‘quv kurslari tashkil etilgan hamda “Yoshlar daftari” orqali 141 ming nafar yoshga 209 mlrd so‘mlik ko‘mak ko‘rsatilgan. Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar va bitiruvchilar sonining 2020–2025-yillardagi dinamikasi hududlarda yoshlarning ta’lim va mehnat bozoriga tayyorlanishi bilan bog‘liq qo‘shimcha kontekst sifatida tahlil qilindi. Natijalar tashkiliy mexanizm mahalla–tuman (shahar)–hudud–respublika vertikal muvofiqlashtirishiga, ma’lumotlarni muntazam yangilashga va idoralararo hamkorlikka tayanganini, iqtisodiy mexanizm esa bandlik, kasbiy tayyorlash, manzilli moliyaviy ko‘mak va natijadorlik monitoringi orqali amalga oshirilishini ko‘rsatdi. Takomillashtirish yo‘nalishlari amaldagi KPI, elektron monitoring, davlat axborot bazalarini o‘zaro solishtirish va yoshlar yetakchilari kompetensiyasini muntazam oshirish mexanizmlarini izchil qo‘llash zarurati bilan bog‘landi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarSaidov , Sanjar
JurnalInnovations in Science and Technologies
NashriyotТошкент давлат иқтисодиёт университети
ISSN3030-3451
Nashr sanasi2026-09-09
Jild3
Son9
Betlar66-76
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-09-10

Kalit so‘zlar

yoshlar siyosati, mahalla, yoshlar yetakchisi, yoshlar balansi, Yoshlar daftari, bandlik, tashkiliy mexanizm, iqtisodiy mexanizm, monitoring, samaradorlik.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APASaidov , Sanjar (2026). HUDUDLARDA YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMINI SAMARALI BOSHQARISHDA BOSHQARUV MEXANIZMLARINING ROLI. Innovations in Science and Technologies, 3(9), 66-76. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1710
GOST (OAK)Saidov , Sanjar HUDUDLARDA YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMINI SAMARALI BOSHQARISHDA BOSHQARUV MEXANIZMLARINING ROLI // Innovations in Science and Technologies. – 2026. – T. 3, № 9. – B. 66-76.
MLASaidov , Sanjar. “HUDUDLARDA YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMINI SAMARALI BOSHQARISHDA BOSHQARUV MEXANIZMLARINING ROLI.” Innovations in Science and Technologies, 3(9), 66-76, 2026. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1710
ChicagoSaidov , Sanjar. “HUDUDLARDA YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMINI SAMARALI BOSHQARISHDA BOSHQARUV MEXANIZMLARINING ROLI.” Innovations in Science and Technologies, 3(9), 66-76 (2026). https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1710
HarvardSaidov , Sanjar (2026) ‘HUDUDLARDA YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMINI SAMARALI BOSHQARISHDA BOSHQARUV MEXANIZMLARINING ROLI’, Innovations in Science and Technologies, 3(9), 66-76. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1710
BibTeX
@article{saidovsanjar2026,
  title = {HUDUDLARDA YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMINI SAMARALI BOSHQARISHDA BOSHQARUV MEXANIZMLARINING ROLI},
  author = {Saidov , Sanjar},
  journal = {Innovations in Science and Technologies},
  year = {2026},
  volume = {3},
  number = {9},
  pages = {66-76},
  url = {https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1710}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Innovations in Science and Technologies jurnalidan boshqa maqolalar

Innovations in Science and Technologies — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Saidov , Sanjar — boshqa maqolalari

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari