Mazkur maqolada Andijon viloyatida agroturizm faoliyatining rivojlanish dinamikasi, mavjud agrar va turistik resurslardan foydalanish imkoniyatlari hamda hududiy rivojlanish tendensiyalari kompleks ravishda tadqiq etilgan. Tadqiqotda agroturizmning qishloq xo‘jaligi, turizm, xizmatlar sohasi va mahalliy tadbirkorlik faoliyati bilan o‘zaro bog‘liqligi asoslangan. Andijon viloyatining bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, asalarichilik, issiqxona xo‘jaligi, milliy gastronomiya, hunarmandchilik va qishloq turmush tarziga xos madaniy resurslari agroturistik mahsulotlarni shakllantirishning muhim omillari sifatida baholangan. Tadqiqotda ilmiy abstraksiyalash, analiz va sintez, induksiya va deduksiya, tizimli, qiyosiy, tarixiy-mantiqiy tahlil, umumlashtirish va statistik tahlil usullaridan foydalanilgan. O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasining 2019–2025-yillardagi rivojlanish ko‘rsatkichlari, jumladan, jamoaviy joylashtirish vositalari soni, turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari, mamlakat ichidagi turizm iste’moli, turizm xizmatlari taklifi, sohadagi bandlik hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri turizmda yaratilgan yalpi ichki mahsulot hajmining o‘zgarish dinamikasi tahlil qilingan. Tahlil natijalari 2020-yilda pandemiya ta’sirida turizm ko‘rsatkichlari keskin pasaygan bo‘lsa-da, 2021-yildan boshlab sohada barqaror tiklanish, 2024–2025-yillarda esa yuqori o‘sish sur’atlari shakllanganini ko‘rsatdi. Xususan, 2025- yilda jamoaviy joylashtirish vositalari 1975 birlikka, turizm tarmoqlaridagi bandlik 284 528 kishiga, ichki turizm iste’moli esa 97 553,3 mlrd so‘mga yetgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Andijon viloyatida agrar ishlab chiqarishni turistik xizmatlar bilan integratsiyalash, fermer va dehqon xo‘jaliklarini turizm qiymat zanjiriga jalb qilish, yangi agroturistik marshrutlar va turistik mahsulotlarni shakllantirish, infratuzilmani rivojlantirish hamda raqamli marketing vositalaridan foydalanish hududiy agroturizmni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida taklif etilgan. Mazkur yondashuv qishloq hududlarida bandlik va daromadlarni oshirish, mahalliy mahsulotlarni targ‘ib qilish hamda hududning turistik jozibadorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
| Mualliflar | O‘rishev , O‘lmasbek |
|---|---|
| Jurnal | Innovations in Science and Technologies |
| Nashriyot | Тошкент давлат иқтисодиёт университети |
| ISSN | 3030-3451 |
| Nashr sanasi | 2026-09-18 |
| Jild | 3 |
| Son | 9 |
| Betlar | 149-163 |
| Til | O‘zbek |
| Ilmiy soha | Iqtisodiyot |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-09-19 |
agroturizm, qishloq turizmi, turistik salohiyat, agrar resurslar, turistik resurslar, hududiy rivojlanish, turistik infratuzilma, turistik xizmatlar, ichki turizm, turizm iste’moli, fermer xo‘jaliklari, turistik mahsulot, hududiy turizm, raqamli marketing.
| APA | O‘rishev , O‘lmasbek (2026). ANDIJON VILOYATIDA AGROTURIZM FAOLIYATI RIVOJLANISHINING DINAMIKASI VA HUDUDIY TENDENSIYALARI. Innovations in Science and Technologies, 3(9), 149-163. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1717 |
|---|---|
| GOST (OAK) | O‘rishev , O‘lmasbek ANDIJON VILOYATIDA AGROTURIZM FAOLIYATI RIVOJLANISHINING DINAMIKASI VA HUDUDIY TENDENSIYALARI // Innovations in Science and Technologies. – 2026. – T. 3, № 9. – B. 149-163. |
| MLA | O‘rishev , O‘lmasbek. “ANDIJON VILOYATIDA AGROTURIZM FAOLIYATI RIVOJLANISHINING DINAMIKASI VA HUDUDIY TENDENSIYALARI.” Innovations in Science and Technologies, 3(9), 149-163, 2026. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1717 |
| Chicago | O‘rishev , O‘lmasbek. “ANDIJON VILOYATIDA AGROTURIZM FAOLIYATI RIVOJLANISHINING DINAMIKASI VA HUDUDIY TENDENSIYALARI.” Innovations in Science and Technologies, 3(9), 149-163 (2026). https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1717 |
| Harvard | O‘rishev , O‘lmasbek (2026) ‘ANDIJON VILOYATIDA AGROTURIZM FAOLIYATI RIVOJLANISHINING DINAMIKASI VA HUDUDIY TENDENSIYALARI’, Innovations in Science and Technologies, 3(9), 149-163. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1717 |
| BibTeX | @article{orishevolmasbek2026,
title = {ANDIJON VILOYATIDA AGROTURIZM FAOLIYATI RIVOJLANISHINING DINAMIKASI VA HUDUDIY TENDENSIYALARI},
author = {O‘rishev , O‘lmasbek},
journal = {Innovations in Science and Technologies},
year = {2026},
volume = {3},
number = {9},
pages = {149-163},
url = {https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1717}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Ushbu maqolada O‘zbekiston tijorat banklarida raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirishning moliyaviy samaradorlik bilan bog‘liqligi nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotning maqsadi 2020–2025-yillarda…
Ushbu maqolada muhandislik konstruksiyalarini elastik holatda hisoblashda ikki o‘lchovli va uch o‘lchovli modellashtirish yondashuvlarining samaradorligi qiyosiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda ikki o‘lchovli…
В статье рассматриваются вопросы организации цифровой системы связи в спасательном центре и обеспечения взаимодействия между спасательными силами в процессе проведения аварийно-спасательных работ. Рассматриваются этапы…
Mazkur maqolada O‘zbekiston mintaqalarida to‘qimachilik sanoati rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar panel ma’lumotlar ekonometrikasi usullari asosida baholangan. Tadqiqotning dolzarbligi tarmoq ishlab chiqarish…
This article presents various opinions and considerations on the role and importance of economics and commercial banks in the economy, based on analysis. These ideas are considered the foundation of development for all…
Mazkur maqolada davlat sog‘liqni saqlash tashkilotlarida xarajatlarni smeta moddalari bo‘yicha tasniflash, ularning tarkibiy tuzilishini aniqlash hamda xarajatlar samaradorligini baholashning nazariy va amaliy jihatlari…
Maqolada hudud iqtisodiy tizimida raqamli innovatsion infratuzilmani rivojlantirish mexanizmlari 2024–2026-yillar statistikasi asosida tahlil qilingan. To‘rt komponentli raqamli infratuzilma absorbsiya koeffitsienti…
Maqolada hududiy sanoat tarmoqlarini sanoat klasterlari shaklida rivojlantirishning nazariy, tashkiliy va iqtisodiy asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqotda sanoat klasterlarining tarkibiy tuzilishi, ichki va tashqi muhiti…
Korxonalarda investitsion rivojlanish ko‘pincha ajratilgan mablag‘ hajmi yoki alohida loyihaning moliyaviy natijasi bilan baholanadi. Biroq amaliyotda investitsiyaning natijasi korxonaning mavjud resurslari, boshqaruv…
Maqolada O‘zbekistonning 14 ta hududi bo‘yicha 2016–2024-yillarning choraklik rasmiy statistikasi asosida hududlararo iqtisodiy tafovutlarni kamaytirishning differensial mexanizmi ishlab chiqilgan. Fazoviy…
Innovations in Science and Technologies — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi
Mazkur maqolada agroturizm faoliyatini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari, uning qishloq hududlarini rivojlantirishdagi o‘rni hamda istiqbolli yo‘nalishlari tadqiq etilgan. Agroturizmning qishloq xo‘jaligi…
This study examines the association between Internet use and self-rated health and investigates the role of online health information behaviors in this relationship. Using data from the 2021 Chinese General Social…
На материалах, опубликованных по август 2024 года, исследуется достаточность бюджетного покрытия обязательств государственно-частного партнёрства. Предложена совместная проверка объёма, сроков и допустимых источников…
Maqolada O‘zbekiston sport tashkilotlarida sun’iy intellekt (SI) va ma’lumotlarga asoslangan boshqaruvning iqtisodiy samaradorlik bilan bog‘liqligini o‘rganish uchun rasmiy statistik ma’lumotlar tahlil qilinadi…
The article analyzes the institutional formation and everyday educational practice of girls’ education in Turkestan in the late nineteenth and early twentieth centuries. It examines traditional schools led by otinoyi…
This study presents a comprehensive analysis of the geostrategic role of Khwarezm in the transregional trade system of Eurasia during the 9th–12th centuries, based on written sources, historiography, and archaeological…
Методики бенчмаркинга в высшем образовании сложились в системах, где вузы обмениваются сопоставимыми данными в рамках консорциумов или государственных программ. Частный вуз постсоветской системы такой инфраструктуры…