Loyiha texnologiyalari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish

ATAMURATOV, DILSHOD

Таълимда истиқболли изланишлар · 2026-yil

Annotatsiya

Kirish. Bugungi globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida turli millat, elat va madaniyat vakillari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning kengayib borishi ta’lim tizimi oldiga yangi pedagogik vazifalarni qo‘ymoqda. Zamonaviy ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning nafaqat kasbiy bilim va ko‘nikmalarga, balki turli madaniy muhit vakillari bilan samarali muloqot qilish, madaniy farqlarni anglash, boshqa xalqlarning qadriyat va an’analariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kompetensiyalariga ega bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki pedagog faoliyati bevosita turli ijtimoiy, madaniy va individual xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar bilan muloqot qilishni nazarda tutadi. Shu nuqtayi nazardan, bo‘lajak o‘qituvchilarda madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish zamonaviy pedagogik ta’limning muhim tarkibiy yo‘nalishlaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Zamonaviy jamiyat va innovatsiyalar ilmiy nazariy jurnali 2026-yil, 8-Son, 2-Qism. ISSN 3060-544X Madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalari shaxsning turli madaniyat vakillari bilan o‘zaro munosabatga kirishishi, ularning dunyoqarashi, qadriyatlari, urf-odatlari va kommunikativ xususiyatlarini anglash hamda muloqot jarayonida tegishli xulq-atvor strategiyalarini tanlay olish qobiliyatini ifodalaydi. Bunday ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonida madaniy xilma-xillikni qabul qilish, bag‘rikenglik, empatiya, madaniy sezgirlik, tinglash, fikrni aniq ifodalash, nizoli vaziyatlarni konstruktiv hal qilish va o‘zaro hurmat asosida hamkorlik qilish kabi sifatlar alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa, bo‘lajak o‘qituvchilar uchun mazkur ko‘nikmalarni rivojlantirish pedagogik faoliyat samaradorligini ta’minlash bilan birga, ta’lim muhitida millatlararo totuvlik va o‘zaro hurmatni qaror toptirishga xizmat qiladi. Mazkur …

Maqola ma’lumotlari
MualliflarATAMURATOV, DILSHOD
JurnalТаълимда истиқболли изланишлар
NashriyotБухоро давлат университети
ISSN3060-527X, 3030-380X
Nashr sanasi2026-09-22
Son8
Betlar80-84
TilO‘zbek
Ilmiy sohaPedagogika
DOI10.67547/fanistiqbollari.2026.526
Indeksga qo‘shilgan2026-09-23

Kalit so‘zlar

project technology, intercultural communication, prospective teacher, interethnic collaboration, professional training, research skill, presentation mastery, reflection, pedagogy, higher education, проектная технология, межкультурное общение, будущий учитель, межнациональное сотрудничество, профессиональная подготовка, исследовательский навык, презентационное мастерство, рефлексия, педагогика, высшее образование

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAATAMURATOV, DILSHOD (2026). LOYIHA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA MADANIYATLARARO MULOQOT KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH. Таълимда истиқболли изланишлар, (8), 80-84. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.526
GOST (OAK)ATAMURATOV, DILSHOD LOYIHA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA MADANIYATLARARO MULOQOT KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH // Таълимда истиқболли изланишлар. – 2026. – № 8. – B. 80-84. – DOI: 10.67547/fanistiqbollari.2026.526.
MLAATAMURATOV, DILSHOD. “LOYIHA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA MADANIYATLARARO MULOQOT KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH.” Таълимда истиқболли изланишлар, (8), 80-84, 2026. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.526
ChicagoATAMURATOV, DILSHOD. “LOYIHA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA MADANIYATLARARO MULOQOT KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH.” Таълимда истиқболли изланишлар, (8), 80-84 (2026). https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.526
HarvardATAMURATOV, DILSHOD (2026) ‘LOYIHA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA MADANIYATLARARO MULOQOT KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH’, Таълимда истиқболли изланишлар, (8), 80-84. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.526
BibTeX
@article{atamuratovdilshod2026,
  title = {LOYIHA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA MADANIYATLARARO MULOQOT KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH},
  author = {ATAMURATOV, DILSHOD},
  journal = {Таълимда истиқболли изланишлар},
  year = {2026},
  number = {8},
  pages = {80-84},
  doi = {10.67547/fanistiqbollari.2026.526},
  url = {https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.526}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Таълимда истиқболли изланишлар jurnalidan boshqa maqolalar

Таълимда истиқболли изланишлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

ATAMURATOV, DILSHOD — boshqa maqolalari

Pedagogika sohasidagi boshqa maqolalar

Pedagogika sohasidagi OAK jurnallari