Boshlang‘ich ta’lim mazmunini aksiologik paradigma asosida tizimlashtirishning pedagogik samaradorligi

Shabbazova , Dilfuza

Мактабгача ва мактаб таълими · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim mazmunini aksiologik paradigma asosida tizimlashtirish metodikasiningpedagogik samaradorligi tajriba-sinov materiallari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi raqamli axborotmuhiti kengayib borayotgan sharoitda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanganbarqaror munosabatni shakllantirish zarurati bilan izohlanadi.Tadqiqotning maqsadi “qadriyat-mazmun-faoliyat-refleksiya” integratsiyasiga tayangan metodik tizimning samaradorliginianiqlash va uni statistik jihatdan asoslashdan iborat. Tajriba-sinov ishlari respublikaning to‘rt viloyatidagi 14 ta umumta’limmaktabida jami 1173 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchisi ishtirokida uch bosqichda amalga oshirilgan. Diagnostikmonitoring kognitiv, aksiologik, kommunikativ, refleksiv va faoliyatli mezonlar bo‘yicha o‘tkazilib, natijalar o‘rtacha qiymat,dispersiya, standart og‘ish hamda Styudentning t-mezoni yordamida statistik qayta ishlangan.Tahlil natijalari tajriba guruhida yuqori darajadagi ko‘rsatkichlar ulushi barcha mezonlar bo‘yicha nazorat guruhiga nisbatan18-23 foizga yuqori bo‘lganini ko‘rsatgan. Guruhlar o‘rtasidagi farq statistik jihatdan ishonchli deb baholangan.Muallifning ilmiy hissasi qadriyatli kompetensiyalarni baholashga mo‘ljallangan besh mezonli diagnostik matritsani ishlabchiqish va uning amaliy samaradorligini eksperimental yo‘l bilan tasdiqlashdan iborat.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarShabbazova , Dilfuza
JurnalМактабгача ва мактаб таълими
NashriyotТошкент давлат педагогика университети
ISSN3060-4613, 3060-4613
Nashr sanasi2026-09-11
Jild4
Son9
Betlar89-94
TilO‘zbek
Ilmiy sohaPedagogika
Indeksga qo‘shilgan2026-09-13

Kalit so‘zlar

aksiologik paradigma, boshlang‘ich ta’lim mazmuni, qadriyatli kompetensiya, tizimlashtirish, refleksiv faoliyat, diagnostik mezon, pedagogik samaradorlik, tajriba-sinov

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAShabbazova , Dilfuza (2026). Boshlang‘ich ta’lim mazmunini aksiologik paradigma asosida tizimlashtirishning pedagogik samaradorligi. Мактабгача ва мактаб таълими, 4(9), 89-94. https://maktabgacha-va-maktab-talimi-jurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/9070
GOST (OAK)Shabbazova , Dilfuza Boshlang‘ich ta’lim mazmunini aksiologik paradigma asosida tizimlashtirishning pedagogik samaradorligi // Мактабгача ва мактаб таълими. – 2026. – T. 4, № 9. – B. 89-94.
MLAShabbazova , Dilfuza. “Boshlang‘ich ta’lim mazmunini aksiologik paradigma asosida tizimlashtirishning pedagogik samaradorligi.” Мактабгача ва мактаб таълими, 4(9), 89-94, 2026. https://maktabgacha-va-maktab-talimi-jurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/9070
ChicagoShabbazova , Dilfuza. “Boshlang‘ich ta’lim mazmunini aksiologik paradigma asosida tizimlashtirishning pedagogik samaradorligi.” Мактабгача ва мактаб таълими, 4(9), 89-94 (2026). https://maktabgacha-va-maktab-talimi-jurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/9070
HarvardShabbazova , Dilfuza (2026) ‘Boshlang‘ich ta’lim mazmunini aksiologik paradigma asosida tizimlashtirishning pedagogik samaradorligi’, Мактабгача ва мактаб таълими, 4(9), 89-94. https://maktabgacha-va-maktab-talimi-jurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/9070
BibTeX
@article{shabbazovadilfuza2026,
  title = {Boshlang‘ich ta’lim mazmunini aksiologik paradigma asosida tizimlashtirishning pedagogik samaradorligi},
  author = {Shabbazova , Dilfuza},
  journal = {Мактабгача ва мактаб таълими},
  year = {2026},
  volume = {4},
  number = {9},
  pages = {89-94},
  url = {https://maktabgacha-va-maktab-talimi-jurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/9070}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Мактабгача ва мактаб таълими jurnalidan boshqa maqolalar

Мактабгача ва мактаб таълими — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Shabbazova , Dilfuza — boshqa maqolalari

Pedagogika sohasidagi boshqa maqolalar

Pedagogika sohasidagi OAK jurnallari