Dmso interkalatsiyasining Ti₃C₂Tₓ mxene qatlamli tuzilmasi va morfologiyasiga ta’siri

G‘ulomjonov, Humoyunmirzo, Ashurov, Nurbek, Atakhanov, Abdumutolib

FarDU ilmiy xabarlari · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu ishda dimetilsulfoksid (DMSO) interkalatsiyasining Ti₃C₂Tₓ MXene ning qatlamli tuzilishi va morfologik xususiyatlariga ta’siri o‘rganildi. Ti₃C₂Tₓ MXene Ti₃AlC₂ MAX fazasidan alyuminiy qatlamlarini 24% li HF eritmasida selektiv ajratib chiqarish orqali olindi va hosil bo‘lgan ko‘p qatlamli MXene DMSO bilan interkalatsiyalandi. Namunalarning strukturaviy va morfologik xususiyatlari rentgen difraksiyasi (XRD) hamda skanerlovchi elektron mikroskopiya (SEM) usullari yordamida tadqiq qilindi. XRD natijalariga ko‘ra, dastlabki Ti₃C₂Tₓ namunasiga xos (002) bazal refleks 2θ ≈ 9.5° da kuzatilib, unga mos qatlamlararo d₀₀₂ masofa 9.30 Å ni tashkil etdi. DMSO bilan interkalatsiyadan so‘ng mazkur refleks 2θ ≈ 5.3° gacha past burchaklar tomon siljidi va d₀₀₂ qiymati 16.80 Å gacha ortdi. Natijada qatlamlararo masofa taxminan 7.50 Å ga, ya’ni qariyb 80% ga kengaydi. SEM tahlillari DMSO bilan ishlov berilgandan so‘ng MXene qatlamlarining nisbatan ochilganini, qatlamlararo bo‘shliqlar kengayganini va “accordion-like” morfologiyaning yaqqolroq namoyon bo‘lganini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, Ti–C asosidagi kristall karkasning saqlanib qolishi DMSO ta’siri asosan qatlamlararo tuzilishga yo‘naltirilganligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar DMSO interkalatsiyasi Ti₃C₂Tₓ qatlamlari orasidagi o‘zaro ta’sirlarni susaytirib, keyingi delaminatsiya, disperslash va polimer kompozit tizimlarga kiritish uchun qulayroq strukturaviy holat hosil qilishini ko‘rsatadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarG‘ulomjonov, Humoyunmirzo, Ashurov, Nurbek, Atakhanov, Abdumutolib
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2026-08-31
Jild7
Son4
Betlar31-38
TilO‘zbek
Ilmiy sohaFilologiya
Indeksga qo‘shilgan2026-10-22

Kalit so‘zlar

Ti₃C₂Tₓ MXene, DMSO, interkalatsiya, qatlamlararo masofa, delaminatsiya, XRD, SEM, qatlamli morfologiya., Ti₃C₂Tₓ MXene, DMSO, intercalation, interlayer spacing, delamination, X-ray diffraction, scanning electron microscopy, layered morphology.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAG‘ulomjonov, Humoyunmirzo, Ashurov, Nurbek, & Atakhanov, Abdumutolib (2026). DMSO INTERKALATSIYASINING Ti₃C₂Tₓ MXENE QATLAMLI TUZILMASI VA MORFOLOGIYASIGA TA’SIRI. FarDU ilmiy xabarlari, 7(4), 31-38. https://journal.fdu.uz/main/article/7512
GOST (OAK)G‘ulomjonov, Humoyunmirzo, Ashurov, Nurbek, Atakhanov, Abdumutolib DMSO INTERKALATSIYASINING Ti₃C₂Tₓ MXENE QATLAMLI TUZILMASI VA MORFOLOGIYASIGA TA’SIRI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2026. – T. 7, № 4. – B. 31-38.
MLAG‘ulomjonov, Humoyunmirzo, Ashurov, Nurbek, and Atakhanov, Abdumutolib. “DMSO INTERKALATSIYASINING Ti₃C₂Tₓ MXENE QATLAMLI TUZILMASI VA MORFOLOGIYASIGA TA’SIRI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(4), 31-38, 2026. https://journal.fdu.uz/main/article/7512
ChicagoG‘ulomjonov, Humoyunmirzo, Ashurov, Nurbek, and Atakhanov, Abdumutolib. “DMSO INTERKALATSIYASINING Ti₃C₂Tₓ MXENE QATLAMLI TUZILMASI VA MORFOLOGIYASIGA TA’SIRI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(4), 31-38 (2026). https://journal.fdu.uz/main/article/7512
HarvardG‘ulomjonov, Humoyunmirzo, Ashurov, Nurbek, and Atakhanov, Abdumutolib (2026) ‘DMSO INTERKALATSIYASINING Ti₃C₂Tₓ MXENE QATLAMLI TUZILMASI VA MORFOLOGIYASIGA TA’SIRI’, FarDU ilmiy xabarlari, 7(4), 31-38. https://journal.fdu.uz/main/article/7512
BibTeX
@article{gulomjonovhumoyunmirzo2026,
  title = {DMSO INTERKALATSIYASINING Ti₃C₂Tₓ MXENE QATLAMLI TUZILMASI VA MORFOLOGIYASIGA TA’SIRI},
  author = {G‘ulomjonov, Humoyunmirzo and Ashurov, Nurbek and Atakhanov, Abdumutolib},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2026},
  volume = {7},
  number = {4},
  pages = {31-38},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/7512}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Filologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Filologiya sohasidagi OAK jurnallari