PALINDROM – TIL O'YINI SIFATIDA: O'ZBEK VA INGLIZ KOGNITIV USLUBIYOTIDA SIMMETRIK TAFAKKUR MODELLARI

Gulrukh Shodieva

Туркологик тадқиқотлар · 2026-yil

Annotatsiya

Annotatsiya Mazkur maqolada palindrom hodisasi tilshunoslikning kognitiv va uslubiy yo‘nalishlari kesimida chuqur tahlil qilinadi. Palindrom nafaqat qadimdan mavjud bo‘lgan so‘z o‘yini, balki tilning ichki mantiqiy, fonetik va estetik tuzilishini aks ettiruvchi murakkab kognitiv hodisa sifatida ko‘rib chiqiladi. O‘zbek va ingliz tillarida palindromlarning shakllanish mexanizmlari, fonetik-grafik xususiyatlari va simmetrik tafakkur modellaridagi o‘rni qiyosiy-tipologik tahlil asosida yoritiladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilining agglyutinativ tabiati va bo‘g‘in uyg‘unligi leksik darajadagi palindromlarni ko‘paytirgan bo‘lsa, ingliz tilining analitik tuzilishi grafik simmetriyaga asoslangan, gap darajasidagi murakkab palindromik konstruksiyalarni rivojlantirgan. Shuningdek, palindromlarning neyropsixologik ta’siri, ya’ni miyaning ikkala yarimsharini bir vaqtda faollashtirish qobiliyati alohida tahlil qilinadi. Maqolada palindromlarning stilistik, didaktik va lingvodidaktik ahamiyati ham ochib beriladi, bu esa ularni zamonaviy kognitiv tilshunoslikning istiqbolli tadqiqot yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilashga asos bo‘ladi. Kalit so‘zlar: palindrom, kognitiv uslubiyat, simmetrik tafakkur, fonetik simmetriya, grafik simmetriya, agglyutinativ til, til o‘yini, adabiy estetika.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarGulrukh Shodieva
JurnalТуркологик тадқиқотлар
Nashr sanasi2026-07-30
Tiluz
DOI10.5281/zenodo.22081851

Туркологик тадқиқотлар jurnalidan boshqa maqolalar

Туркологик тадқиқотлар — barcha maqolalar