OYBEK ASARLARI TARJIMALARIDA TOVUSHGA TAQLID SOʻZLARNING BERILISHI

Kamola Patxillayevna Rasulova

Komparativistika · 2025-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada Oybekning "Qutlugʻ qon" va "Navoiy" romanlaridagi tovushga taqlid soʻzlar (onomatopeya) badiiy ifodaning muhim elementi sifatida tahlil qilingan.Mazkur soʻzlarning asardagi vazifasi voqealar va qahramonlar ruhiyatini jonlantirish, sahnalar dinamikasini kuchaytirishdir.Maqolada onomatopeyalarning asliyat matnida va turk tilidagi tarjimalarida berilishi, ular orqali badiiy uslub va fonetik boylikning qanday saqlangani yoki qisqargani ilmiy asosda koʻrib chiqiladi.Tarjimalarda mazmuniy ekvivalentlik koʻp hollarda saqlansa-da, tovushga taqlid soʻzlarning oʻziga xos ohang va hissiyotini toʻliq yetkazishda qiyinchiliklar yuzaga kelishi aniqlangan.Shuningdek, tarjima jarayonida baʼzan fonetik va uslubiy jihatdan boy ifodalar kamroq aks etishi kuzatiladi.Bu esa, asarning badiiy mazmun jihatidan toʻlaqonli tarjima vazifasini bajarmasligiga olib keladi.Tadqiqotda onomatopeyaning tarjimada yuzaga keladigan qiyinchiliklari va badiiy mahorat bilan yetkazilishining ahamiyati taʼkidlangan.Bu holat tarjima nazariyasi va amaliyoti, shuningdek, adabiy tarjima uchun dolzarb masala ekanligi koʻrsatilgan.Maqola tovushga taqlid soʻzlarning badiiy-maʼnaviy vazifasini, tarjimada mazmuniy va fonetik ekvivalentlikni saqlash muammolarini yoritadi.Oybek asarlaridagi onomatopeyalar tarjimada mazmuniy ekvivalentlikni asosan taʼminlagan boʻlsa-da, fonetik va stilistik rangbaranglik koʻpincha qisqarib qoladi.Bu esa oʻzbek tilidagi onomatopeyalar ritm va ohangdorlikni kuchaytiruvchi badiiy vosita sifatida koʻproq imkoniyatlarga ega ekanini koʻrsatadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarKamola Patxillayevna Rasulova
JurnalKomparativistika
Nashr sanasi2025-11-28
Jild2
Son8
DOI10.64964/comp.2025.0165

Komparativistika jurnalidan boshqa maqolalar

Komparativistika — barcha maqolalar