STEAM LOYIHA VOSITASIDA MAKTAB O‘QUVCHILARIDA BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARINI RIVOJLANTIRISH

Toyirova Maxmuda Mamatovna

Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tabiiy fanlarni o‘qitishda barqaror rivojlanish g‘oyalarini shakllantirishda STEAM (Science - fan, Technology - texnologiya, Engineering - muhandislik, Art - sa’nat, Mathematics - matematika) yondashuvining pedagogik ahamiyati tahlil qilingan. Xususan, “Tabiiy fanlar” darsligida “Gulli o‘simliklarning moslanishlari” mavzusini o‘rganish STEAM loyiha faoliyati misolida qarab chiqilgan. Loyiha ishida uning har bir bosqichi bo‘yicha o‘quvchilarga aniq topshiriqlar belgilangan bo‘lib, o‘quvchilarning tabiiy fanlardan egallagan nazariy bilimlarini amalda qo‘llashlariga sharoit yaratish va nazorat qilishning pedagogik texnologiyalari haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, maqolada STEAM loyiha vositasida o‘quvchilarda ekologik tafakkur, muammoli vaziyatlarni hal qilish kompetensiyasini shakllantirsh va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali barqaror rivojlanish maqsadlarini rivojlantirish metodikasi ham muhokama qilinadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarToyirova Maxmuda Mamatovna
JurnalХалқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар
Nashr sanasi2026-03-31
Jild2026
Son263
DOI10.66023/mt/v2026_i263/281

Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар jurnalidan boshqa maqolalar

Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар — barcha maqolalar