O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM TASHKILOTLARINI MOLIYALASHTIRISH VA MOLIYA-XO‘JALIK FAOLIYATINI BOSHQARISH: RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA ISTIQBOLLAR

Umarov Baxodir Aripovich

Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining moliyalashtirish tizimi hamda ularning moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish mexanizmlarining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy tendensiyalari tahlil qilinadi. Davlat budjeti, jon boshiga moliyalashtirish, budjetdan tashqari jamg‘armalar, homiylik va maqsadli dasturlar orqali moliyaviy resurslarni shakllantirish mexanizmlari hamda ularning boshqaruv samaradorligiga ta’siri yoritiladi. So‘nggi yillarda moliyaviy shaffoflikni oshirish, raqamli monitoring va nazorat tizimlarini joriy etish, xarajatlarni ta’lim natijalari bilan bog‘lash hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining moliyaviy mustaqilligini bosqichma-bosqich kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar moliyalashtirish va boshqaruv modelining transformatsiyasini belgilab bermoqda.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarUmarov Baxodir Aripovich
JurnalХалқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар
Nashr sanasi2026-01-27
Jild2026
Son225
DOI10.66023/mt/v2026_i225/234

Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар jurnalidan boshqa maqolalar

Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар — barcha maqolalar