Tabibiy lirikasida ijtimoiy masalalar

Asqarov, Dilmurod

Қўқон университети хабарномаси · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada Ahmad Tabibiy lirikasida ijtimoiy masalalarning badiiy ifodasi, shoir ijodidagi mavzuviy ko‘lam va g‘oyaviy yo‘nalishlarning evolyutsiyasi adabiyotshunoslikning zamonaviy yondashuvlari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Tabibiy devonlarida uchraydigan ijtimoiy-falsafiy mazmunning ishqiy, diniy-tasavvufiy va ma’rifiy qatlamlar bilan uzviy bog‘liqligi ko‘rsatib berilgan bo‘lib, shoir ijodining ko‘p qatlamli poetik tizim sifatida shakllanganligi asoslanadi. Maqolada Tabibiy lirikasining tarixiy-adabiy konteksti ham yoritilib, uning yashagan davridagi ijtimoiy muhit, jamiyatdagi adolatsizlik, ma’naviy inqiroz va axloqiy tanazzul kabi omillar shoir badiiy tafakkuriga qanday ta’sir ko‘rsatgani ochib beriladi. Shu asosda “falak”, “dahr”, “zamon” kabi ramziy obrazlar orqali ifodalangan dunyoqarashning ijtimoiy-falsafiy mohiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, Tabibiy ijodiga nisbatan shakllangan turli ilmiy qarashlar qiyosiy tahlil qilinib, F. G‘anixo‘jayevning an’anaviy ishqiy talqinlari hamda Sh. Amonovning ko‘p qatlamli tasnifiy yondashuvi o‘rtasidagi metodologik farqlar yoritiladi. Natijada shoir lirikasini faqat ishqiy doirada emas, balki ijtimoiy ong, falsafiy mushohada va ma’naviy tanqid uyg‘unligida o‘rganish zarurligi asoslab beriladi. Maqolada Tabibiy muxammaslarining ijtimoiy-falsafiy mazmundagi o‘rni alohida ta’kidlanib, ularda inson taqdiri, sabr-toqat, ma’rifat va jaholat qarama-qarshiligi hamda jamiyatdagi axloqiy muammolar badiiy ramzlar orqali ifodalangani ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, shoirning g‘azal va muxammaslarida qo‘llangan metafora, antiteza va ramziy obrazlar tizimi uning poetik tafakkurining murakkabligini namoyon etadi. Ahmad Tabibiy ijodi o‘z davrining ijtimoiy-madaniy hayotini aks ettiruvchi muhim adabiy manba bo‘lib, u mumtoz o‘zbek lirikasida ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivojiga sezilarli hissa qo‘shgan. Uning ijodini kompleks va interdisiplinar yondashuv asosida o‘rganish mumtoz adabiyotning g‘oyaviy-estetik imkoniyatlarini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarAsqarov, Dilmurod
JurnalҚўқон университети хабарномаси
NashriyotҚўқон университети
ISSN2181-1695
Nashr sanasi2026-05-21
Jild18
Betlar173-176
TilO‘zbek
Ilmiy sohaFilologiya
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Kalit so‘zlar

Ahmad Tabibiy, mumtoz lirika, ijtimoiy masalalar, ijtimoiy-falsafiy tafakkur, devon, muxammas, g‘azal, ramziy obrazlar, falak motivi, dahr falsafasi, axloqiy tanqid, ma’rifat va jaholat

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAAsqarov, Dilmurod (2026). TABIBIY LIRIKASIDA IJTIMOIY MASALALAR. Қўқон университети хабарномаси, 18, 173-176. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1704
GOST (OAK)Asqarov, Dilmurod TABIBIY LIRIKASIDA IJTIMOIY MASALALAR // Қўқон университети хабарномаси. – 2026. – T. 18. – B. 173-176.
MLAAsqarov, Dilmurod. “TABIBIY LIRIKASIDA IJTIMOIY MASALALAR.” Қўқон университети хабарномаси, 18, 173-176, 2026. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1704
ChicagoAsqarov, Dilmurod. “TABIBIY LIRIKASIDA IJTIMOIY MASALALAR.” Қўқон университети хабарномаси, 18, 173-176 (2026). https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1704
HarvardAsqarov, Dilmurod (2026) ‘TABIBIY LIRIKASIDA IJTIMOIY MASALALAR’, Қўқон университети хабарномаси, 18, 173-176. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1704
BibTeX
@article{asqarovdilmurod2026,
  title = {TABIBIY LIRIKASIDA IJTIMOIY MASALALAR},
  author = {Asqarov, Dilmurod},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year = {2026},
  volume = {18},
  pages = {173-176},
  url = {https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1704}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Қўқон университети хабарномаси jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон университети хабарномаси — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Asqarov, Dilmurod — boshqa maqolalari

Filologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Filologiya sohasidagi OAK jurnallari