Sport va salomatlik immunitetini rivojlantirishda pedagogik strategiyaning o‘rni

Qayumov , Shohruh

Қўқон университети хабарномаси · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy jihatdan barkamol mutaxassislar sifatida tayyorlash masalalari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida malakali kadrlarni tayyorlash jarayonida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, bu jarayonda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishi asoslab beriladi. Maqolada talabalarga amaliy faoliyatda zarur bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalarni berish bilan birga, ularning jismoniy madaniyatini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarziga oid bilimlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish masalalari yoritiladi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida sog‘lom muhitni shakllantirish, talabalarning jismoniy va ma’naviy kamolotini ta’minlashda jismoniy madaniyat va sportning tutgan o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Jismoniy tarbiya va sport faoliyati orqali talabalarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirish, kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish, sport immunitetini shakllantirish va ularning ijtimoiy faolligini oshirish masalalari muhim pedagogik vazifa sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada shuningdek, talabalarning sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan munosabatini shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik strategiyalar, innovatsion yondashuvlar va samarali o‘qitish uslublarini ishlab chiqish hamda ularni ta’lim jarayonida qo‘llash masalalari ham yoritilgan. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish orqali talabalarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, ularni faol, tashabbuskor va ijtimoiy mas’uliyatli shaxs sifatida shakllantirish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Mazkur tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirilgan ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarQayumov , Shohruh
JurnalҚўқон университети хабарномаси
NashriyotҚўқон университети
ISSN2181-1695
Nashr sanasi2026-02-11
Jild17
Betlar203-206
TilO‘zbek
Ilmiy sohaPedagogika
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Kalit so‘zlar

sog‘lom turmush tarzi, oliy ta’lim muassasasi talabalari, jismoniy salomatlik, aerobik mashqlar, sog‘lomlashtirish metodikasi, mashg‘ulotlar tizimi

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAQayumov , Shohruh (2026). SPORT VA SALOMATLIK IMMUNITETINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK STRATEGIYANING O‘RNI. Қўқон университети хабарномаси, 17, 203-206. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1516
GOST (OAK)Qayumov , Shohruh SPORT VA SALOMATLIK IMMUNITETINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK STRATEGIYANING O‘RNI // Қўқон университети хабарномаси. – 2026. – T. 17. – B. 203-206.
MLAQayumov , Shohruh. “SPORT VA SALOMATLIK IMMUNITETINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK STRATEGIYANING O‘RNI.” Қўқон университети хабарномаси, 17, 203-206, 2026. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1516
ChicagoQayumov , Shohruh. “SPORT VA SALOMATLIK IMMUNITETINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK STRATEGIYANING O‘RNI.” Қўқон университети хабарномаси, 17, 203-206 (2026). https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1516
HarvardQayumov , Shohruh (2026) ‘SPORT VA SALOMATLIK IMMUNITETINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK STRATEGIYANING O‘RNI’, Қўқон университети хабарномаси, 17, 203-206. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1516
BibTeX
@article{qayumovshohruh2026,
  title = {SPORT VA SALOMATLIK IMMUNITETINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK STRATEGIYANING O‘RNI},
  author = {Qayumov , Shohruh},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year = {2026},
  volume = {17},
  pages = {203-206},
  url = {https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1516}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Қўқон университети хабарномаси jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон университети хабарномаси — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Qayumov , Shohruh — boshqa maqolalari

Pedagogika sohasidagi boshqa maqolalar

Pedagogika sohasidagi OAK jurnallari