SHARQ VA G‘ARB DIDAKTIK AN’ANALARI: ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “MUBAYYIN” VA QIROL JAMES I NING “BASILIKON DORON” ASARLARI QIYOSIY TAHLILI

Axmadjonova, Mumtozbegim

Science time · 2026-yil

Annotatsiya

Jahon turkiy zabon adabiyotida Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari, qariyb 500 yildirki,  hamon sheʼriyat muxlislari orasida sevib-ardoqlab o‘qib kelinadi. U turkiy sheʼriyatida sof va nafosatli devon tartib etdi, nazm yo‘lida “Mubayyin” atalmish asarni yaratib, shu bilan ko‘pchilik tomonidan foydali deb topilgan islomiy huquqshunoslikka doir taʼlimotning muallifi bo‘ldi. U shuningdek, turkiydagi aruz vazni haqida benazir risola yozdi. Xuddi shuningdek, Erta yangi davr G‘arb adabiyoti va sivilizatsiyasi tarixida siyosiy hokimiyat bilan badiiy-estetik tafakkur kesishgan nodir intellektual muhitda Shotlandiya va Angliya qiroli Jeyms VI va I ham o‘z qalamiga mansub “Basilikon Doron” risolasida hukmdorlik etikasi va siyosiy-didaktik an’analarni yuksak darajada mujassam etib, o‘z davrining eng ko‘zga ko‘ringan ma’rifatparvar monarxi va adibi sifatida jahon madaniyati tarixida munosib o‘rin egalladi. Maqolada Ikki buyuk monarx-hukmdor qalamiga mansub mazkur asarlarni qiyosiy-tipologik, nazariy va struktural metodlar asosida tahlil qilish, ularning o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berish hamda jahon va o‘zbek adabiyotshunosligidagi ilmiy talqinlarini umumlashtirish orqali erta yangi davr Sharq va G‘arb mumtoz didaktik adabiyotining tipologik mushtarakliklari, hukmdorlik va ota-onalik burchining estetik talqini hamda pandnoma janrining evolyutsion xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan ochib beriladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarAxmadjonova, Mumtozbegim
JurnalScience time
Nashr sanasi2026-07-24
Jild4
Son7/2
Betlar120-122
TilIngliz
DOI10.66345/st.7002

Kalit so‘zlar

pandnoma, qirollar ko‘zgusi, vorislik, hukmdorlik mas’uliyati, didaktik adabiyot

Ilmiy soha

Science time jurnalidan boshqa maqolalar

Science time — barcha maqolalar