Lingvokulturologiyada konsept tushunchasining nazariy talqini

Jo‘rayeva , Nozima

Мактабгача ва мактаб таълими · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikda keng qo‘llanilayotgan konsept tushunchasi va uning lingvokulturologiyadagitalqini o‘zbek, rus va ingliz tilshunoslarining ilmiy tadqiqotlari asosida yoritiladi. Konsept atamasining kelibchiqishi, tilshunoslikda dastlab qo‘llanilishi hamda bugungi kundagi nazariy va amaliy vazifalari tahlil qilinadi. Tadqiqotdakonsept til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ifodalovchi asosiy kategoriya sifatida ko‘rib chiqilib, uning insontafakkuri, madaniy qadriyatlari va milliy dunyoqarash bilan aloqasi ochib beriladi. Shuningdek, konsept tushunchasininglingvokulturologiya bilan bir qatorda psixolingvistika sohasidagi o‘rni ham muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra,konsept inson ongida predmet va hodisalarning nomlanishi hamda ularning mental tasavvuri bilan bevosita bog‘liq ekanianiqlanadi. Ushbu tadqiqot kelgusida “vaqt” konseptini o‘rganish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarJo‘rayeva , Nozima
JurnalМактабгача ва мактаб таълими
Nashr sanasi2026-02-02
Jild4
Son2
TilO‘zbek
DOI10.5281/zenodo.18684066

Kalit so‘zlar

lingvokulturologiya, paradigma, semantika, mental birlik, konsept, stereotip, aspekt, pragmalingvistika, psixolingvistika.

Ilmiy soha

Мактабгача ва мактаб таълими jurnalidan boshqa maqolalar

Мактабгача ва мактаб таълими — barcha maqolalar