XITOY TILIDAGI 才 (cái) VA 就 (jiù) NING SUBYEKTIVLIK IFODASIDAGI ROLI

Bobonorov, Abdurauf Abdumuminovich

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolada xitoy tilidagi 才 (cái) va 就 (jiù) elementlarining subyektivlik (主观性) ifodalashdagi roli tahlil qilinadi. Shen Jiaxuan taʼkidlaganidek, subyektivlik — tilda soʻzlovchining oʻz nuqtai nazari, munosabati va bahosining aks etishidir. Tadqiqotda koʻrsatilishicha, 才 va 就 gapning obyektiv mazmunini oʻzgartirmaydi, balki unga soʻzlovchining subyektiv pozitsiyasini qoʻshadi. Bu rol subyektivlikning uch oʻlchamida namoyon boʻladi: nuqtai nazar (bir xil dalilni «erta» yoki «kech» deb qadrash), hissiyot (就 — ijobiy, 才 — salbiy baho) va epistemik mulohaza (kutilmaga nisbatan baho, shart turini belgilash). Shuningdek, bu elementlarning subyektivlashuv (主观化) jarayoni koʻrib chiqiladi. Xulosalar oʻzbek tiliga tarjima bilan bogʻlanadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarBobonorov, Abdurauf Abdumuminovich
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
Nashr sanasi2026-08-08
Jild8
Son7
Betlar382-387
TilIngliz
DOI10.70728/b.series.fil.v08.i07.059

Kalit so‘zlar

subyektivlik, subyektivlashuv, soʻzlovchi pozitsiyasi, nuqtai nazar, hissiy baho, epistemik mulohaza, kutilma, funksional element, tarjima ekvivalentligi.

Ilmiy soha

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar