FARGONA VODIYSI SHAROITIDA FERULA FOETIDA URUG'LARINING DALA UNUVCHANLIGI VA DASTLABKI RIVOJLANISH DINAMIKASI

Nuriddinova, Maftunaxon Qahramon qizi

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolada Farg'ona tumani Vodil qishlog'i sharoitida Qashqadaryo viloyatidan keltirilgan sassiq kovrak (Ferula foetida (Bunge) Regel) urug'larining dala unuvchanligi va dastlabki rivojlanish dinamikasi bo'yicha 2025-yilgi kuzatuv natijalari tahlil qilindi. Tajribada ikki agrotexnik yondashuv qiyoslandi. Jumladan, ivitilmasdan ekish va 2 kun suvda ivitilgan urug'larni torfli biogumus bilan qoplangan maydonchaga ekish. Nazorat variantida 200 ta urug'dan unib chiqqan ko'chat qayd etilmadi, tajriba variantida esa 1000 ta urug'dan 250 ta ko'chat hosil bo'lib, dala unuvchanligi 25,0% ni tashkil etdi. Ko'chatlar soni 20- aprelda eng yuqori darajaga yetdi, may oyidan boshlab havo haroratining 30-35 °C gacha ko'tarilishi bilan yer ustki qismida sarg'ayish va qurish jarayoni kuzatildi. Natijalar F. foetida urug'larida tinim holati kuchli ifodalanganligini, oddiy suvda ivitish va namlikni saqlovchi qoplama dala unuvchanligini oshirishi mumkinligini ko'rsatdi. Shu bilan birga, tajriba bir mavsumda va takrorlarsiz o'tkazilgani sababli natijalar dastlabki agrobiologik baho sifatida talqin qilindi. Kelgusida sovuq stratifikatsiya, ekish chuqurligi, substrat tarkibi va o'sish stimulyatorlarini alohida omillar sifatida tajribaga kiritish zarurligi asoslandi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarNuriddinova, Maftunaxon Qahramon qizi
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
Nashr sanasi2026-07-13
Jild8
Son6
Betlar393-400
TilIngliz
DOI10.70728/a.series.tab.v08.i06.055

Kalit so‘zlar

Ferula foetida, sassiq kovrak, dala unuvchanligi, urug' tinimi, sovuq stratifikatsiya, torfli biogumus, fenologiya, Farg'ona vodiysi.

Ilmiy soha

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar