O‘TKIR HOShIMOVNING ‘‘BAHOR QAYTMAYDI’’ QISSASIDAGI KONFLIKTLAR

Sultanmuratova, Jennet Mardon gizi

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘zbek nasriy adabiyotining yirik vakillaridan biri bo‘lgan O‘tkir Hoshimovning “Bahor qaytmaydi” qissasida aks etgan konfliktlar tizimi keng va chuqur tahlil qilinadi. Asarda tasvirlangan voqealar rivoji, qahramonlar xarakteri hamda ularning o‘zaro munosabatlari asosida yuzaga kelgan ziddiyatlar badiiylik nuqtayi nazaridan yoritib beriladi. Shuningdek, asardagi konfliktlar syujet rivoji bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganilib, ularning badiiy asar kompozitsiyasidagi o‘rni va ahamiyati izohlanadi. Qahramonlar o‘rtasidagi ijtimoiy, ma’naviy va axloqiy qarama-qarshiliklar orqali muallif ilgari surgan g‘oyaviy mazmun tahlil qilinadi. Shu orqali “Bahor qaytmaydi” qissasining badiiy qiymati, undagi insoniy kechinmalar va hayotiy haqiqatlarning ifodalanish darajasi ochib beriladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarSultanmuratova, Jennet Mardon gizi
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
Nashr sanasi2026-07-14
Jild8
Son05
Betlar1510-1514
TilIngliz
DOI10.70728/b.series.fil.v08.i05.224

Kalit so‘zlar

konflikt, konflikt va syujet, ichki(psixologik), dilemma, xarakterlararo, qahramon va muhit.

Ilmiy soha

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar