Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko‘ra, 2012 yilda spirtli ichimliklarni ortiqcha iste'mol qilish 3,3 million kishining o‘limiga olib keldi. Bu ko‘rsatkich dunyodagi umumiy o‘lim sabablarining 5,9% ni tashkil qiladi (JSST, 2014).Ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, alkogolning surunkali iste'moli yurak-qon tomir kasalliklari, shu jumladan, gipertoniya, aritmiya, kardiomiopatiya va yurak yetishmovchiligi kabi holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Etanolning yurak muskuliga ta'siri to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita mexanizmlar orqali amalga oshadi, shu jumladan elektrolitlar balansining buzilishi, oksidlanish jarayonini buzulishi va metabolik o‘zgarishlar.Bundan tashqari, alkogolni ko‘p istemol qilish yurakning funktsional xususiyatlarini o‘zgartirib, yurakning ritm va qisqaruvchanligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Alkogolning kutilmagan ortiqcha iste'moli aritmiyalarga, jumladan, bo‘lmachalar fibrillyatsiya va qorinchalar aritmiyalarga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, alkogolning uzoq muddatli ta'siri kardiomiopatiya rivojlanishiga olib kelishi va yurak mushaklarining distrofiyasiga sabab bo‘lishi mumkin.Maqsad: kalamushlarning etanoldan zaharlanishi natijasida yurak o‘ng bo‘lmachasida bo‘ladigan gistologik o‘zgarishlarni aniqlash.Materiallar va usullar: Tajribalar 12 oylik 43 ta kalamushlar ustida o‘tkazildi. Kalamushlar 3 guruhga bo‘lindi: I nazorat guruhi (n = 14); II guruh kalamushlari 30 kun davomida tana vazniga 7,0 g/kg miqdorida 40% spirt olgan (n = 15). III guruh - kalamushlar 30 kun davomida 2 ml/kg miqdorida zaytun moyi oldilar (n = 14).Gistologik material yurak mushaklaridan kesmalarni gematoksilin-eozin bilan bo‘yash orqali tayyorlandi.Natijalar: intoksikatsiyada mikroskopik tekshiruvda, kardiomiotsitlar sarkolemmasida lipid granulalarining (yog‘ tomchilari) notekis to‘planishini ko‘rsatadi. Hujayralar sitoplazmasida lipofussinning to‘planishi aniqlandi. Kardiomiotsitlarning yadrosi kichrayishi, oval yoki cho‘zinchoq, giperxrom bo‘yalishi qayd qilindi. Ba'zi kardiomiotsitlarning yadrosi hujayra membranasiga yaqin joylashganligi kuzatildi. Mikroskopik kuzatishda, tomirlar devorlarining qalinlashishi, intimaning deformatsiyasi, endoteliyning bir-biridan ajralishi va ingichkalashishi, membrana o‘tkazuvchanligi oshishi, hujayralardagi distrofik o‘zgarishlar aniqlandi.Detoksifikatsiyada qisqaruvchi kardiomiotsitlarning sarkoplazmasida lipofussinning yo‘qolishi va miofibrillarning qalinlashishi aniqlandi. Barcha kardiomiotsitlarning oval yoki cho‘zinchoq, giperxrom yadrosi hujayraning markazida joylashishi qayd qilindi.Shikastlangan to‘qimalarda kollagen tolalarining tekislanishi, sklerotik o‘zgarishlarning yo‘qolishi va yog 'hujayralari sonining kamayishi aniqlandi.Xulosa: surunkali alkogolli zaharlanishda yurakning barcha qatlamlarining yupqalashishi kuzatiladi.Yurakning endokard qavatidagi bir qavatli yassi endotelial hujayralarning qisqarishi va subendotelial qatlamda biriktiruvchi to‘qimaning qalinlashishi aniqlandi. Zaytun moyi bilan detoksikatsiyada kardiomiotsitlar orasidagi bo‘shliqlar nisbati tiklandi. Bundan tashqari, tomir anastomozlari va kichik tomirlar soni ko‘paydi. O‘zgarishlar turi kardiomiotsitlarning oziqlanishi yaxshilanganligini ko‘rsatadi.
| Mualliflar | Ziyodullaev M.M. |
|---|---|
| Jurnal | Гуманитар ва табиий фанлар журнали |
| Nashr sanasi | 2025-06-10 |
| Son | 22 |
| Betlar | 183-188 |
| Til | Rus |
yurak, kalamush, spirtli ichimliklar, zaytun moyi.
В статье представлены случаи пренатальной диагностики редкой патологии – патологии мозолистого тела. Диагностическими признаками патологии мозолистого тела являются не только отсутствие изображения, также гипоплазия и…
Mazkur maqolada homiladorlik davrida uchraydigan asosiy endokrin buzilishlar — qalqonsimon bez kasalliklari, gestatsion diabet, insulin rezistentlik, giperkortisolizm va prolaktin yetishmovchiligi holatlari o‘rganilgan…
Влияние загрязненного воздуха на сердечно-сосудистую систему является многообразным. Это подчеркивает необходимость принятия мер по улучшению качества воздуха и снижению уровня загрязнения, которое будет способствовать…
В данной статье проанализированы факторы риска развития ишемической болезни сердца у лиц пожилого и старческого возраста. Рассмотрено влияние возрастных изменений сердца и сосудов на клиническое течение ишемической…
Исследование посвящено анализу факторов риска развития острого бронхообструктивного синдрома (БОС) у часто болеющих детей. В работе участвовали 70 детей 1–7 лет, разделенных на основную (35 детей с БОС) и контрольную…
Ushbu maqolada o‘pka fibrozining rivojlanish mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqotda molekulyar va hujayrali jarayonlar, yallig‘lanish mediatorlari, fibroblastlarning faollashuvi va immun javob buzilishlari tahlil qilingan…
Акне вульгарис (обыкновенные угри) — это распространённое кожное заболевание, которое чаще всего начинается в подростковом возрасте, но может сохраняться или возникать и у взрослых. Основные причины: гормональные…
Maqolada arterial gipertenziya patogenezida molekulyar genetik omillarning o‘rni o‘rganildi. Tadqiqotga 17 nafar gipertenziyali bemor va 23 nafar sog‘lom shaxs jalb qilindi. Ishtirokchilarning yoshi 21–44 yosh…
XXI асрнинг етакчи соғлиқни сақлаш муаммоларидан бири бу турли мамлакатлар аҳолисида аллергик касалликлар (АК), жумладан, бронхиал астма (БА) тарқалишининг босқичма-босқич ортиб боришидир. Ҳозирда бутун дунё бўйлаб…
Pathology of the patellofemoral joint remains a serious problem for orthopedics, and the causes leading to this disease are diverse. Patellar dislocations rank second among knee joint injuries and constitute 0.4% to…