MITOLOGIK ONOMASTIKA: INGLIZ VA O‘ZBEK XALQ ERTAKLARI MISOLIDA

Begmatov, Azizbek Tursunbayevich

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek xalq ertaklarida uchraydigan mitologik nomlar, jumladan, antroponimlar, teonimlar hamda mifologik obrazlar nomlari lingvomadaniy va qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Mitologik onomastika xalq og‘zaki ijodining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u xalqning tarixiy xotirasi, qadimiy e’tiqodlari, dunyoqarashi va madaniy qadriyatlarini til orqali ifodalashda muhim vosita hisoblanadi. Ertak matnlarida uchraydigan mitologik nomlar tasodifiy emas, balki muayyan semantik, ramziy va madaniy yuklamaga ega bo‘lib, xalq tafakkurining mahsuli sifatida shakllangan. Tadqiqot jarayonida ingliz va o‘zbek xalq ertaklaridan tanlab olingan misollar asosida mitologik nomlarning turlari, ularning semantik xususiyatlari va funksional vazifalari aniqlanadi. Qiyosiy tahlil orqali har ikki xalq ertaklarida uchraydigan umumiy va farqli jihatlar ochib beriladi. Xususan, ingliz ertaklarida mitologik nomlarning ko‘proq sehrli-fantastik va individual qahramonlik obrazlari bilan bog‘liqligi, o‘zbek ertaklarida esa axloqiy-tarbiyaviy g‘oyalar, jamoaviy qadriyatlar va milliy mentalitetning ustuvorligi aniqlanadi. Maqolada mitologik nomlarning lingvomadaniy ahamiyati jadval va diagrammalar asosida tizimli ravishda yoritiladi. Statistik ma’lumotlar mitologik obrazlar nomlarining ertaklardagi qo‘llanish chastotasi va semantik guruhlanishini ko‘rsatib beradi. Tadqiqot natijalari mitologik onomastikaning nafaqat tilshunoslik, balki folklorshunoslik va madaniyatshunoslik sohalari uchun ham muhim ilmiy ahamiyatga ega ekanini tasdiqlaydi. Mazkur maqola xalq ertaklarini qiyosiy-lingvomadaniy jihatdan o‘rganishga qiziqqan tadqiqotchilar uchun nazariy va amaliy jihatdan foydali bo‘lishi mumkin.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarBegmatov, Azizbek Tursunbayevich
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
Nashr sanasi2026-06-05
Jild8
Son04
Betlar1370-1379
TilIngliz
DOI10.70728/b.series.v08.i04.196

Kalit so‘zlar

mitologik onomastika, xalq ertaklari, ingliz va o‘zbek ertaklari, mifologik nomlar, lingvomadaniyat.

Ilmiy soha

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar