Mazkur maqolada arab tilining balog‘at fani, uning tarkibidagi bayon, maoniy va badi’ ilmlari, ushbu ilmlarning yuzaga kelish tarixi, hamda, ularning ajdodlardan qolgan og‘zaki va yozma ma’naviy merosni o‘rganishdagi ahamiyati bayon qilinadi. Shuningdek, arab tili balog‘atiga ulkan hissa qo‘shgan olimlar Jurjoniy, Zamaxshariy, Taftazoniy, Sakkokiy, Qazviniy haqida so‘z yuritiladi. Xususan, «Muṭawwal», «Muḫtasaru-l-ma‘āniy», «Šarḥu-l-miftāḥ» asarlari tekstologiyasi, tarkibiy tuzilishi, mazkur asarlardagi balog‘at qoidalari hamda terminlarining qo‘llanilishi borasida amalga oshirilgan tadqiqotlar Taftazoniyning balog‘at ilmining nazariy qoidalarini ishlab chiqishda o‘z uslubiga ega ekanini ko‘rsatadi. Ushbu asarlarda ilgari surilgan nazariy qarashlar balog‘at ilmi sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar salmog‘ini oshirishga xizmat qiladi. Taftazoniyning balog‘atga doir barcha asarlari u yashagan davr taqozosi bilan sharh tarzida yozilgan. Olim avvalgi balog‘at sohasidagi olimlarining asarlarini batafsil o‘rganib chiqqani va ularni tahqiq qilib, sharhlar yozgani ma’lum bo‘ldi. Sa’duddin Taftazoniy balog‘at ilmi namoyondalari hisoblangan Abdulqohir Jurjoniy, Mahmud Zamaxshariy, Yusuf Sakkokiy, Mahmud Qazviniy va boshqa olimlarning balog‘at ilmiga oid qarashlariga nisbatan munosabat bildirgan. Taftazoniy Jurjoniy va Sakkokiyning balog‘at ilmiga oid ishlab chiqqan qoidalarini tanqidiy ko‘rib chiqqan, to‘g‘rilagan, kengaytirgan, osonlashtirgan va yangi qoidalar bilan kengaytirgan hamda ularga dalillar keltirgan.
| Mualliflar | ASKAROV, Abdurashid |
|---|---|
| Jurnal | Мотуридийлик |
| Nashr sanasi | 2024-08-16 |
| Jild | 4 |
| Son | 2 |
| Betlar | 84-93 |
| Til | Ingliz |
| DOI | 10.47980/moturidiy/2024-2/11 |
DOI: 10.47980/moturidiy/2024-2/11 · Maqolaning asl sahifasi
arab tili balog‘at fani, maoniy, bayon, badi’, polisemiya, sinonomiya.
Мазкур мақолада Имом Абулқосим ибн Фирруҳ Шотибий (538-590 ҳ./1144-1194 м.) қаламига мансуб «Ҳирз ал-амоний ва важҳ ат-таҳоний» номли асарга битилган шарҳлар ва таржималар тўғрисида сўз юритилади. Имом Шотибийнинг бир…
Ислом тарихнавислигининг таниқли намояндаларидан Муҳаммад ибн Саъднинг (ваф. 230/845) «ат-Табақот ал-кубро» асари ислом тарихига оид биографик туркумдаги энг муҳим манбалардан бири саналади. Асарда аёллар таржимаи…
Ushbu maqola Mahmud Zamaxshariy o’zining «Navabig‘u-l-kalim» asarida badiiy san’atlarni qo‘llaganda fonetik vositalardan qay tarzda foydalanganini tahlil qilish maqsad qilib olingan. Bunda ba’zi badiiy san’atlar faolroq…
XX asr boshida xalqaro munosabatlarda dinning o‘rni iqtisod va siyosatdek muhim hisoblanmagan bo‘lsa-da, dunyoda yuzaga kelayotgan nizo va kelishmovchiliklar jahon hamjamiyatiga diniy omilning muhim ekani, bu omil…
Uchinchi renessansga tamal toshini qo‘yayotgan yangi O‘zbekistonda hayotning turli jabhalari kabi diniyma’rifiy sohada ham keng ko‘lamdagi islohotlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizda O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi…
Maqolada o‘rta asrlarda yashagan yetuk olim Abu Hafs Umar Najmuddin Nasafiyning hayoti va ijodi aks ettirilgan. Abu Hafs Nasafiyning ilmiy ijodiga bevosita ta’sir qilgan Nasaf vohasi haqida qisqacha ma’lumotlar…
The greatest contribution of Imam Maturidi to the development of Islamic theology was undoubtedly the theory of knowledge proposed by him. The scholar’s unique scientific method in the study of the science of aqeedah…
Mazkur maqolada jahonda, xususan mamlakatimizda bugungi kunda dolzarb bo‘lib borayotgan oila va jamiyatdagi xotin-qizlar va bolalarga qarshi qaratilgan turli shakldagi zo‘ravonliklar va tazyiqlarning milliy…
İslam’ın barış ve esenlik dini olmasına rağmen İslam dünyasında tekfir ve tedhiş hareketini başlatan mezheplerin başında Hâricîlik gelmektedir. Nitekim Hâricîlere göre büyük günah işleyen bir mümin, tövbe etmediği…
Ushbu maqolada islom huquqida yoritib berilgan inson huquqlari va undagi institutsional sohalar haqida so‘z boradi. Inson huquqini amalda ta’minlashni xalqaro institutlar va asosiy xalqaro hujjatlarsiz tasavvur etib…